22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 12:40
Jamiyat 👁 6,774

HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI

HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida 1992-yilda qabul qilingan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bosh qomusimiz qabul qilingan kun – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, umumxalq bayrami deb eʼlon qilindi. U xalqimizning istiqlol va ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashi natijasi, milliy manfaatlarimiz va intilishlarimizga asoslangan va xalqaro huquq normalari bilan qiyoslangan muhim manba boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bugungi kunda hayotimizda qanday ulkan, hal qiluvchi oʻrin tutayotgani barchaga maʼlum. Taʼkidlash joizki, hayotimiz qomusi boʻlmish Konstitutsiyamiz biz uchun yangi davlat va jamiyat qurishning eng muhim printsip va maqsadlarini, vazifa va normalarini belgilab berdi.

Tarix zarvaraqlariga yozilgan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan maqsadlarimiz va printsiplarni amalga oshirish yoʻlidagi uzluksiz davom etadigan, hayotimizni kundan-kunga farovon, erkin va ozod qiladigan jarayon ayni haqiqatligini davrning oʻzi koʻrsatib turibdi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarning hal qiluvchi omili sifatida odamlarimizning ongu tafakkurida roʻy berayotgan tub oʻzgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora oʻsib bormoqda. Albatta, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlida konstitutsiyamizning eng muhim printsiplaridan biri, «oʻzbek modeli» deb nom olgan yangi jamiyat barpo etishning 5 printsipidan biri – qonun ustuvorligi va qonunchilikka rioya qilishdir. Davlatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganlaridek, Konstitutsiyamizda ilgari surilgan bosh maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurishdir.

Konstitutsiyaning ustuvorligi yana shunda namoyon boʻladiki, unga nafaqat shu davlat fuqarolari, balki davlatning oʻzi ham rioya qilishi kerak. Huquq va davlat oʻzaro bogʻliq boʻlgandagina jamiyatda konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi taʼminlanadi.

Konstitutsiyaning yana bir muhim jihati shundaki, u asosiy gʻoyalarni mustahkamlaydigan siyosiy-huquqiy hujjat sifatida muayyan tarzda shaxs tafakkuri va dunyoqarashining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurtimiz Konstitutsiyasida ham zamonaviy demokratik davlatlar konstitutsiyasi kabi barchaning qonun oldida tengligi, shaxsning davlatga nisbatan ustuvorligi, davlatning inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilish majburiyati kabi insonparvarlik tamoyillariga katta ahamiyat berilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 14-moddasida "davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi", deb qayd etilgan. Oʻz oʻrnida ushbu mezonlarni jamoatchilik ongiga singdirish har bir fuqaroning qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishini shakllantirishga koʻmaklashadi, deyish mumkin.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish davlat-huquq meʼyorlarini yaratish bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu meʼyorlarning yaratilishi yagona maqsad emas, balki ular jamoatchilik hamda tegishli davlat organlari faoliyatiga tatbiq etish uchun moʻljallangan.

Mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon oʻtgan 24-yil mobaynida uning qoidalari hayotga izchil joriy etib kelinmoqda. Ulkan mehnatlar evaziga yaratilgan Bosh qomusimiz abadul-abad nafaqat demokratik taraqqiyotimizning kafolati, balki ijtimoiy hayotimizda sodir boʻlayotgan ulkan oʻzgarishlarning huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladi, chunki uning bosh gʻoyasi insonparvarlik, fuqarolarning ozod mamlakatda erkin va farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.

Joldasbay Abdijamilov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputati,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026