SAYLOV UYuShQOQLIK BILAN OʻTDI
2016-yil 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respub-likasi Prezidenti saylovi fotomuxbirimiz nigohida:
"Doʻstlik” mahallasidagi 82-saylov uchastkasi joy-lashgan hududda yashovchi Yangiljon Hamroyeva singari tabarruk onaxonlar va otaxonlar erta tongdanoq ovoz berishga keldilar.

Gavhar Jumaniyozova singari tumanimizning 4007 nafar yoshlari saylovda birinchi marta ovoz berdilar.

86-saylov uchastkasida tashkil qilingan tibbiyot xonasi xodimlari zarur hollarda tibbiy yordamga muhtoj kishilarga koʻmak koʻrsatishdi.
Imkoniyati cheklangan, saylash huquqiga ega fuqarolarning saylovda ishtirokini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Poʻlat Yangiboyev ham saylovda qatnashib, oʻzi tanlagan munosib nomzodga ovoz berdi.
Ayollar – jamiyatning faol aʼzolari. Ular ham Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun ovoz berishdi.

Saylovda ilk bora koʻzi ojiz saylovchilar Brayl yozuvidagi byulletenlardan foydalangan holda, oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.
83-uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʻchma saylov qutisi bilan tuman markaziy shifoxonasida davolanayotgan, saylov uchastkasiga chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan bemorlarning xonalariga kelib, ularning saylovda ovoz berishlari uchun imkoniyat yaratishdi.
79-saylov uchastkasida tashkil qilingan ona va bola xonasi saylov kuni
ovoz berishga kelgan ota-onalarning farzandlari bilan gavjum boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶