MILLAT ONALARI BAXTI UChUN OVOZ BERDIM
Barcha zamonlarda ham mamlakat, millat, xalq taqdiri uchun fidoyi insonlar boʻlgan va aynan ana shunday insonlar el-yurt, xalq hurmatini qozonganlar.
Men eng avvalo ayol – onaman. Onalar hamisha el-yurt tinchligini, oila barqarorligini, farzandlari sogʻligini, ularning yetuk inson boʻlib voyaga yetishini istaydi. 4-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunida men Vatanimizning eng fidoyi, millat va xalq baxt-saodatini barcha narsadan ustun qoʻyguvchi nomzod uchun ovoz berdim. Chunki elim, yurtim, deb yonib yashaguvchi inson, eng avvalo, millat onalari va bolalari hayotidagi jamiki muammolarning yechimini topishiga ishonaman.
Millat onalari baxtli yashasa, farzandlari sogʻlom va barkamol boʻladi. Ona va bolaning sogʻlomligi – mamlakatning porloq kelajagi demakdir.
Gulbahor OʻROZAQOVA, "Chordara”
MFY maslahatchisi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶