15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 10:05
Jamiyat 👁 1,995

SAYLOVChILAR XURSAND BOʻLIShDI

SAYLOVChILAR XURSAND BOʻLIShDI

Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladigan kun – 4-dekabr tongi barcha joydagi kabi Amudaryo tumanida ham zoʻr shodiyonalar bilan qarshi olindi. Barcha saylov uchastkalari erta tongdanoq istiqbolga intilgan kishilar – ertangi tinchligimizni, nurafshon hayotimizni taʼminlashga qodir boʻlgan nomzodni Prezidentlikka saylashni niyat qilgan saylovchilar bilan gavjum boʻldi.

Biz erta tongda Mangʻit shahrining "Boyovul” mahallasida joylashgan 80-sonli saylov uchastkasiga yetib kelganimizda bu yerda saylov jarayoni qizgʻin tus olayotganining guvohi boʻldik.

– Saylov uchastkamizda 2400 dan ziyod saylovchi roʻyxatga olingan, – dedi uchastka saylov komissiyasi raisi Shuhrat Jumaniyozov bizni komissiya faoliyati bilan tanishtirar ekan. – Shundan 79 nafari birinchi marta saylovda ovoz beradigan yoshlar hisoblanadi. 28 nafar saylovchimizning bu yerga kelib, ovoz berish imkoniyatlari yoʻq. Shu sababdan ham biz ularga saylovda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida, saylov  qutilari bilan ularning yashash joylariga tashrif buyurayapmiz. Oʻzlaringiz guvohi boʻlayotganiningdek, saylovchilarimiz bu saylovda faol ishtirok etayaptilar. Ularning kayfiyatlari juda yaxshi.

– Bu galgi saylovning oʻzgachaligi saylovchilarning har qachongidan ham ogʻizbirchilik bilan faol harakat qilishayotganligida yaqqol koʻrinib  turibdi, – deydi 82 yoshli onaxon – saylovchi Valentina Kuznetsova. – Men ham saylovga erta tongda kelib, eldoshlarim qatori oʻzim munosib deb hisoblagan nomzodga ovoz berdim. Biz ertangi kunimizning, yoshlarimiz kelajagining porloq boʻlishini istaymiz.

– Biz bemor saylovchi Qizlargul Jumaniyozova yashayotgan xonadonga tashrif buyurganimizda bu saylovchi ayolning quvonchi ichiga sigʻmay ketdi, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bozorboy Xolimbetov. – Keyin u: "Men betobligim sababli bu  galgi saylovda ishtirok qila olmasam kerak, deb umidsizlikka tushgandim. Ammo uchastka saylov  komissiyasi xodimlari – Siz saylov qutisini  uyimga olib kelib, mening Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uchun ovoz berishimga sharoit yaratib berdingiz. Men bundan benihoya xursand boʻldim”, deya minnatdorchilik bildirdi.

Saylov jarayonida saylov uchastkasida faol saylovchilarni taqdirlash marosimlari ham oʻtkazildi.

80-sonli uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan 3 nafar yosh saylovchiga, 10 nafar faol saylovchiga  qimmatbaho sovgʻalar topishirildi. 10 nafar saylovchi ayol-qizlarga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan guldastalar va 5 nafar yosh saylovchiga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019