AYoL-QIZLARIMIZ FAOL
Ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi barcha uchastka saylov komissiyalari faoliyati eng qizgʻin pallaga kirdi.
Tumanimizda tashkil etilgan 58 ta saylov uchastkalaridan biri boʻlgan 126-sonli saylov uchastkasida ham 4-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Ayniqsa, saylov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish, targʻibot va tashviqot ishlarida ayol-qizlar yanada faollik koʻrsatishmoqda. Saylov uchastkasi hududida yashovchi keksa onaxonlarimiz va opa-singillarimiz bilan oʻtkazilayotgan saylov qonunchiligiga oid davra suhbatlarida ular mamlakatimizda ayol-qizlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, onalik va bolalikni muhofaza etish, barkamol avlodni tarbiyalash, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida faxrlanib gapirishmoqda, el-yurt, millat va xalq, Vatan kelajagi uchun fidoyi nomzodga ovoz berajaklarini bildirishmoqda.
Saylovoldi targʻibot tadbirlarimizda 42-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchi ayollari faollik koʻrsatishmoqda. Ular ishdan boʻsh vaqtlarida mahalla xonadonlarida, saylov uchastkasi hududidagi jamoat tashkilotlarida boʻlishib, ayol-qizlarning uyushmagan qatlami oʻrtasida uchrashuv, davra suhbati shakllarida tashviqot va targʻibot tadbirlarini oʻtkazishmoqda. Shuni ishonch bilan aytamanki, 126-sonli saylov uchastkasi hududidagi ovoz berish huquqiga ega barcha saylovchilar qatori ayol-qizlarimiz ham ushbu siyosiy jarayonda faollik koʻrsatadilar.
Roza ORZIBOYeVA,
126-uchastka saylov komissiyasi aʼzosi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶