17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:18
Jamiyat 👁 2,303

OILAM – FAXRIM

OILAM – FAXRIM

Oila - muqadas. Oilada tinchlik, osoyishtalik hukm sursa, oila aʼzolari bir-birlariga mehr-oqibatli boʻlsagina chinakam mustahkam oila boʻla oladi. "Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka qochadi”, deganlaridek, oilada kelishmovchilik, urush-janjal boʻlaversa, bunday oilada hech qachon baraka boʻlmaydi. Oila aʼzolarining bir-biriga boʻlgan hurmati, shirin muomalasi oilani yanada mustahkamlaydi.

Bizning oila unchalik katta boʻlmasa-da, hech ikkilanmasdan aytishim mumkinki, oilamiz mehrdan bunyod boʻlgan. Dadam, oyim, ikkita akam va men. Bizning oila mustahkam va sogʻlom oila deya olaman. Chunki har doim biz birgamiz. Birgalikda turli xil yumushlarni bajaramiz, sport bilan shugʻullanamiz. Dadam boʻsh vaqtlarida biz bilan shaxmat oʻynaydilar va shaxmat oʻyinining sir-sinoatlarini oʻyin paytlarida bizga tushuntirib oʻtadilar. Oyim esa boʻsh vaqtlarida uy yumushlari bilan mashgʻul boʻladi. Uy yumushlarini tugatgach, menga tikuvchilik bilan birga toʻquvchilikni ham oʻrgatadilar. Kichkina paytlarimizda oyim bizga turli xil oʻyinchoqlar tikib berardi. U maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Maktabdan charchab qaytsalarda bizlar uchun albatta vaqt topib darslarimizni tekshiradi.

Katta akam Sanjarbek Toʻliboev Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi. Akam kichkina paytlaridayoq rus tili faniga juda qiziqqanligi bois, fanlar olimpiadasida rus tili fanidan maktab bosqichida 1-oʻrinni, tumanda ham faxrli oʻrinni egallagan. "Umid nihollari” sport musobaqalarida ham shaxmat sport turi bilan faol qatnashib, faxrli 1-2-3-oʻrinlarni egallab kelgan. Kichik akam Ravshanbek Toʻliboev Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda. U ham shaxmatga juda qiziqadi. Uzoq masofaga yugurishni mashq qilib turadi. Shu sabablimi, Ravshanbek akam baquvvat, epchil. Koʻpchilikka yoqadigan fazilatlaridan biri bu – vazminligi. Har qanday holatda oʻzini tuta biladi. Uning eng sevimli fani – matematika va fizika. Kelajakda u ham Sanjarbek akamdek ustoz-muallim boʻlmoqchi. Bu – uning oldiga qoʻygan maqsadi. Maqsadi yoʻlida hozirdanoq izlanishlar olib bormoqda.

Biz sogʻlom oilamiz! Men mana shunday oilada dunyoga kelganimdan mamnunman!

Ozoda TOʻLIBOYeVA,

71-sonli maktab oʻquvchisi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026