Yosh fermerning yutugʻi
Qipchoq ovuli azaldan usta paxtakorlar elati. Bu makonda oʻz soʻzida sobit, qatʼiyatli va fidoyi insonlar mehnat qilishadi. Shulardan biri "Jumaniyozov Arzimbat” fermer xoʻjaligi rahbari, istiqlol tengdoshi boʻlgan yosh fermer Oʻtkirbek Arzimbetovdir.
Oʻtkirbek 1991-yilda tugʻilgan. Yerga mehri, dehqonchilikka ixlosi tufayli yosh boʻlishiga qaramay, oʻz biznes gʻoyasini muvafaqqiyatli himoya qilib, "Jumaniyozov Arzimbat” fermer xoʻjaligini tashkil etdi. Tajribali dehqonlar bilan bamaslahat ish yuritishni oʻrgandi. Ishlari yurishib, u boshqargan fermer xoʻjaligi ilgʻorlar safidan joy oldi. 21-sentyabrdayoq zimmalaridagi shartnomaviy-rejasini oshirib ado etgan fermer xoʻjaligi paxtakorlari ona Vatan xazinasiga 25 tonna aʼlo navli paxta topshirdilar.
Ayni kunda zimmalariga olgan 12 tonnalik qoʻshimcha majburiyatni bajarish uchun qizgʻin mehnat qilayotgan xoʻjalikning ilgʻor terimchilari Tamara Ismoilova, Shahargul Saparniyozova, Gulbarchin Qozoqboyeva, Gulxan Sherimbetova, Shohsanam Saparovalar kuniga 80-100 kilogrammdan paxta terib, boshqalarga ibrat boʻlishmoqda.
Terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlardan esa barcha mamnun. Ularning tergan paxtalari uchun ish haqlari vaqtida berilayotgani, ilgʻor terimchilar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilayotgani ish unumining yuqori boʻlishini taʼminlamoqda.
Komila DAVLATBOYeVA, Qipchoq ovuli.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶