XIRMONIMIZ YuKSAK BÖLDI
"Tölqin” ovuli hududidagi bizning "Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligimizda köklamda 27 gektar yerga paxta uruği ekilgan edi. Işçilarimizning ezgu niyatlar bilan qilgan fidoyi mehnatlari natijasida ğözalarimiz hosildor bölib yetildi.
Avgust oyi ikkinçi yarmida qiyğos bölib oçilgan paxtalarni terişni boşladik. Hududimizdagi iş bilan band bölmagan, vaqtinça işsiz aholi xöjaligimiz aʼzolariga yordamga kelişdi. Natijada sentyabrning ilk kunlaridayoq paxta topşiriş yillik şartnomaviy rejamizni oşirib ado etdik.
Hosil yiğim-terimida ayniqsa Sanam Nurimova, Sevara Abdullayeva, Sabohat Abdullayeva, Nargiza Durdiyevalarning ğayrat-şijoati maqtovga loyiq böldi. Ular ayni kunda ham 130-135 kilogrammdan paxta terişga erişmoqdalar.
Ayni kungaça rejadagi 58 tonna örniga 75 tonnadan ziyod yuqori navli paxtani davlatimiz xirmoniga topşirdik.
Xöjaligimizda paxtadan boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan ham möl hosil yetiştirib, rejalarimizni ado etdik. 5 gektar maydonga kuzgi buğdoy ekib, tekis nihol undirib olişga erişdik.
Dehqonçilikdagi heç bir yutuqqa osonlikça erişilmaydi. Ayniqsa paxta mehrtalab, parvariştalab ösimlik. Undan közlanganidan ham yuqori hosil yetiştirib, yiğib-terib davlatga topşirib, yillik rejani ortiği bilan ado etgan tumanimiz paxtakorlariga, yiğim-terim mavsumida ularning taşvişiga yelka tutib, kömakdoş bölgan barça haşarçilarga erişilgan ğalaba muborak bölsin, deyman.
Şerzod AHMEDOV,
"Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶