22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:03
Jamiyat 👁 6,086

AYoLLARI EʼZOZ TOPGAN YuRT

AYoLLARI EʼZOZ TOPGAN YuRT

Publitsistika

"...insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy kamoloti ayollarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga sharqona ehtirom va aʼzoz biz uchun ibratli merosdir”

Islom Karimov

IBRATLI MEROS

Bobomeros urf-odat va anʼanalar – bu avvalo  insoniy goʻzal fazilatlar jamlanmasi, qolaversa, oila, xonadon, mahalla va millat koʻrki, ziynatidir. Ayniqsa, ayolga, onaga boʻlgan hurmat, aʼzoz va ehtirom – anʼanaviy  ibratli meros. Shuning uchun ham  ibratliki, bu zoti mukarramalarga nisbatan har bir qalbda uygʻonguvchi mehr-muhabbat taftida millat shaʼni, maʼnaviyati yuksaladi. Ana shu mehr-muhabbat taftidan kuch olgan barkamol shaxs shakllanadi. Qachonki ayollar yuksak eʼzoz va ehtirom tadarruklari ila siylanar ekan, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, "jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy kamoloti” yuksalib boraveradi.

Mustaqillik – aziz ayollarimizga, opajonlarimizga eʼtibor va eʼzoz koʻrsatishning eng oliy  mezoni – ayol huquqlarini kafolatlovchi qonuniy asoslar yaratib berdi. 1992-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qoʻyilishining oʻzi ayolning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼnaviy hayotida tutgan mavqeini mustahkamladi. U avvalo erkin inson, ayol va ona, ijtimoiy faol shaxs sifatida oʻz iqtidori va qobiliyatini namoyon etish imkoniga ega boʻldi. Ana shu qonuniy asos, nazarimda, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ayollar ishtiroki bilan bogʻliq taraqqiyot sari yoʻl ochdi.

Atrofga boqing, azizlar. Har sohada yuksak taraqqiyot, rivojlanish, oʻzgarish, yangilanishni kuzatasiz. Albatta, bularning  barchasida ayol-qizlarning ishtiroki bor. Onalik va bolalikni muhofaza etish, barkamol avlodni tarbiyalash, oila mustahkamligini taʼminlash, ayol-qizlarning bilim olishi, malakali mutaxassis, yetuk olima, oʻtkir siyosatchi sifatida oʻzini namoyon  etishi, kuch va salohiyatini oʻstirishi uchun yaratilgan qonuniy asoslar ana shu  yuksalish, oʻzgarish va yangilanishlarning mezonlaridir. Ayol-qizlarni jamiyatda eng faol, xususiy biznes, tadbirkorlik subʼektlarining rahbarlari, yetuk olima, davlat va jamoat arbobi sifatida shakllantirgan bu mezonlar bugun oʻzbek ayolini dunyoga tanitdi. Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda "Oʻzbekistonda ayolga sharqona ehtirom va eʼzoz koʻrsatish ibratli meros” sifatida yanada qadr topganligining amaliy isboti boʻldi!

 

NUR VA ZULMAT ORALIGʻIDA KEChGAN KUNLAR HIKOYaSI

Shular haqida oʻylarkanman, nur va zulmat oraligʻida aziz xalqim boshidan kechirgan tarix  sahifalari koʻz oʻngimda jonlanadi. Bizga odat boʻlib qolgan oʻtmishning qorongʻi kunlarini qoralab, uqubatlaridan, azoblaridan soʻzlash baʼzan meʼdamizga tegishi aniq. Bundan farqli oʻlaroq, men momolarimiz yaqin-yaqinlarda armon  bilan eslagan goʻzal tarixiy lahzalardan soʻz ochmoqni lozim topdim. Ana shunda, azizlar, yuqorida muhtaram Prezidentimiz alohida eʼtibor bilan aytgan fikrlar – "ayolga sharqona ehtirom va eʼzoz koʻrsatish” haqiqatan ham biz uchun ibratli meros ekanligiga amin boʻlasiz.

...Bolaligimizda Orzigul momo ismli yuz yoshlarni qoralagan qarindosh momomiz boʻlardi. Uyimizga mehmonga kelsalar, gʻazalxonlik, sheʼrxonlik, qissaxonlik avj olar, qoʻni-qoʻshnilar yigʻilib, momomizning maʼnaviyat saboqlarini tinglab,  huzur qilishardi.

 

HIKOYa

– Bolaligimizda qiz-u kelinchaklar chelak koʻtarib quduqqa borishmasdi, - hikoya qilardilar momo. – Agar uylarida erkak kishi biron yoqqa ketsa, boʻsh chelaklarini eshiklari tagiga chiqarib qoʻyishardi.

- Nega, momo? – hayron boʻlardik.

- Hay, bolam-a, ayol kishining beliga ogʻirlik tushmasin, deb shunday qilishardi. Enalarimiz non yopishsa, korson toʻla hamirlarini tandir boshiga erkaklar eltib berishardi. Koʻchadan oʻtgan-ketgan erkak qaysi eshik oldida boʻsh chelak boʻlsa, suvga toʻldirib qoʻyib ketishardi. Mangʻitni oʻris bosib olgungacha shunday boʻlgan...

Bu - millatning  oʻtmishida qolgan sharqona odat, ayolga ehtiromning hayotiy koʻrinishidan bir lavha.

Momo ogʻir tin olib yana davom etardi.

- 1875-1890 yillarda oʻris zobitlari ovullarni oralab yurib, ayol-qizlarni ogʻir-ogʻir ishlarga majburlashganini koʻrib, yuqoridagi kabi ota-bobolarimiz amal qilgan koʻp yaxshi odatlarni  enalarimiz sogʻinib, qoʻmsab yurishganiga guvohman. Oʻris davrida ayollar ariq qazidilar, qoʻsh haydadilar, gʻaltak-arava haydab, dalalarga goʻng, tuproq tashidilar. Qizillar davrida ayol-qizlarning ahvoli yanada yomonlashdi. Bizlar sovetning ishchi quroliga, mahsulot yetishtiruvchi ishchi  kuchiga aylanib qoldik. Aytsam, ertak, bolalarim. Paxta dalasida bolasini oʻlik tuqqan, farzandining chillasi chiqmay turib, beliga  etak bogʻlab yoki ketmonini yelkalab dalaga chiqib ketgan ayollar soni ming-ming edi. Ularning koʻpi juda erta oʻtib ketishdi...

Bu – momolar yuragini kemirgan dardli, gardli, azobli yaqin tarix haqiqatidan bir shingil, xolos.

 

YaQIN OʻTMIShDAN BIR VOQEA

Yaqin oʻtmish – 1975-yil. Roʻzigul ona oltinchi farzandini dunyoga keltirdi. Oʻz uyida koʻzi yoridi. Koʻp qon yoʻqotganidan boʻlsa kerak, hadeganda tiklanib ketolmadi. Oʻn kunlardan soʻng, eshigi oldida brigadirning mototsikli toʻxtadi:

- Roʻzigul, - chaqirdi u, - chiq bu yoqqa, Roʻzigul!

Asta oʻrnidan sirgʻalib, hovliga chiqdi.

Brigadir Roʻzigulga, ikkita peshgir (paxta teradigan fartuk)ni otdi. – Ertaga "Xoʻja yer”ga paxta terishga chiq, "pokaz” boʻladi.

- Axir buvaklagan (tugʻdim, demoqchi) boʻlsam...

- Buvak – suvaklaganing bilan ishim yoʻq, hukumatga paxta kerak!

Brigadir ketdi. Qoʻlida ikkita peshgir bilan uyga kirgan Roʻzigul holsizlikdan oʻtirib qoldi. U ertasiga brigadir  aytgan yerga paxta terimiga chiqmadi, chiqolmadi. Chaqalogʻi bilan Roʻzigulni eri Safarmat ogʻa kasalxonaga yotqizdi.

Ikki kundan soʻng kolxoz idorasida aktiv yigʻilishi boʻldi. Siyosatga qarshi boʻlib, paxta terimiga xotinini olib chiqmagani uchun Safarmatni xoʻjalik ustaxonasidagi ishidan boʻshatishdi. Noiloj, ishsiz qolgan Safarmat ogʻa bolalarini olib Taxiatosh shahriga koʻchib ketdi...

Bunday voqealar koʻp boʻldi. 10 nafar bolasini ergashtirib yurib, umr boʻyi dalada ishlagan, paxta terib, egni boʻz kuylakka yolchimagan onajonlarim koʻp  boʻldi, azizlar. Aysha, Bika, Jumabika, Maryam, Rabigʻa, Toʻlgʻon, Tojigul, Shukurjon, Hayitbika, Oʻrozgul, Roʻzigul onalar. Ularning har birining kamida 7-8 nafar, baʼzilarining 10-12 nafar bolalari bor edi. Ularning birontasi ham farzandlarini dunyoga keltirib, bir kun ham tugʻruq taʼtilida oʻtirishmagan, davlatdan nafaqa olishmagan. Ular – qizil imperiyaning qishloqlardagi ishchi kuchlari edilar, xolos. Kasal boʻlish, davolanish, tugʻruq taʼtilida oʻtirib bolasini parvarishlash – na qogʻozda, na amalda yoʻq narsa edi. Bolalari oʻlik tugʻilgan onalar, bolalari erta nobud boʻlgan onalar, bolalari nogiron tugʻilgan onalar qon-qaqshab qolaverardilar yaqinginada...

 

BUGUNGI AYoLLAR

Mustaqillik – ayol-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yanada yuksak pogʻonalarga koʻtardi. "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1995-yil 2-martda qabul qilingan Prezident Farmoni mamlakatimizda ayol-qizlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik masalasini davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilabgina qolmay, xotin-qizlarning yashash, dam olish, mehnat qilish sharoitlarini tubdan yangilash, ularning har jabhada faolligini oshirish imkonini yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi "Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  Farmoni ayol-lar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada yuksaltirdi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga xotin-qizlar uchun 30 foiz kvota joriy etish imkonini berdiki, bu imkoniyat siyosiy bilimi yetuk, xalq orasida yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan ayol-qizlarning siyosat maydonida dadillik bilan faoliyat olib borishlarida muhim omil boʻldi.

Bugungi ayol-qizlar – fikrda sobit, hayotda ilgʻor, iqtisod va siyosatda faol, madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy sohalarda zakovatli. Eʼtibor bering: birgina bizning tumanimizda, 1999-yilgi saylovlarda 4 nafar ayol Xalq deputatlari tuman Kengashiga, 1 nafar ayol Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputatlikka saylangan boʻlsa, 2004-yilda 3 nafar ayol tuman Kengashiga, 1 nafar ayol QR Joʻqorgʻi Kengesiga, 1 nafar ayol esa Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandilar. 2014-yilgi saylovlarda tuman Kengashiga 6 nafar, QR Joʻqorgʻi Kengesiga 1 nafar tumanimizning faol ayollari deputatlikka saylanishdi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, tumanimiz ayollari orasidan yetishib chiqqan Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofotlari hamda "Doʻstlik” ordeni, "Mehnat shuhrati”, "Jasorat”, "Shuhrat” medallari sohibalari har bir masalada  yoshlarga ibrat koʻrsatib kelmoqdalar.

Bugungi kunda tumanimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlarining 40 foizini ayollar boshqarayotgan boʻlsalar, sogʻlikni saqlash tizimi xodimlarining 74 foizini, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining 75 foizini ayol-qizlar tashkil etadi.

Agar 1991-yilda tumanimiz taʼlim tizimida bir necha nafargina ayol rahbarlar boʻlgan boʻlsalar, 2016-yilga kelib 122 ta taʼlim maskanlarining qariyb yarmini ayol-qizlar boshqarishmoqda.

Ona va bola sogʻligi esa toʻla davlat gʻamxoʻrligida. Farzand kutayotgan onalarga tugʻruqdan oldin va tugʻruqdan keyingi beriladigan taʼtillarning oʻzi toʻrt oydan ortiq (128 kun) qilib belgilanishi, bolasi ikki yoshga toʻlguncha qisman haq toʻlanadigan, bolaga qarab turganlik uchun beriladigan taʼtil, farzandlari 16 yoshga toʻlguncha ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi ham aziz ayollarga koʻrsatilayotgan ehtiromning yuksak ifodasidir.

Sobiq ittifoq davrida sportning nimaligini hatto tushunib ham yetmagan, ertadan-kechgacha boʻsh vaqtini onalarining yonida yurib, dalada paxta terish bilan oʻtkazgan kechagi qizaloq bilan bugungi yosh qizaloqlar oʻrtasidagi farqni koʻring-a! Bugungi qizlar sportning bir necha turlari boʻyicha Oʻzbekiston, hatto jahon chempionlari boʻlib, mamlakatimizning chekka tumani – Amudaryo dovrugʻini, dongʻini  oshirishmoqda.

- Men Oʻzbekistonda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida tugʻilganman, – deya bir necha xorij telekanallariga intervyu bergan oʻzbekning milliy kurash boʻyicha birinchi chempion qizlari Feruza Haytimbetova  hamda Zulhijja Xudoyorovalarning  nomi bugun chegaralar hatlab,  jahonga tanilgan.

Bugungi oʻzbek ayoli – Amu ayollari har sohada jahonga yuz tutgan. Bu – har dilda iftixor oʻygʻotadi. Bu – mustaqillik bergan ulugʻ imkonlar ortidan kelgan baxt. Bundayin yorugʻ,  yolqinli, nurli kunlar mangu, ayollar, aziz onajonlar omon boʻlsinlar! Zero, ularning baxtiyorligini, omonligini, davlatmandligini   tilash, uning tabarruk qoʻllaridan tutib, qadr-qimmatini joyiga qoʻyish – ayolga sharqona ehtiromning, eʼzoz-u izzatning qonimizda barhayotligi ifodasi – ibratga munosib meros! Bu meros – mangudir, mangu daxlsizdir!

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026