SIZ HAMIŞA YuRAGIMIZDA YaŞAYSIZ
Muhtaram Yurtboşimizning vafoti butun xalqimiz qatori yoşlarni ham çuqur qayğuga soldi. Bolalarga "Vatanimiz kelajagi” deya umid bilan qarab, ularga ulkan ğamxörliklar körsatgan aziz va möʼtabar inson – Prezidentimiz Islom Karimovni yöqotiş murğak qalblarni ham larzaga keltirdi.
Sevara ANVAROVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi:
– Bu judolikni kötariş xalqimiz uçun oğir bölyapti. Nahotki mustaqilligimizning 25 yillik töyini siz bilan birga öynab-kulib nişonlaş nasib etmadi? Axir siz bizga kerak edingiz-ku. "Bolalarim” degan sözingizdan qançalar kuç olişimizni bilsangiz edi. Biz çindan ham sizning farzandlaringizmiz va hamişa sizga munosib bölişga intilib yaşaymiz.
Otajon! Bizga mustaqillikni hadya qilganingiz uçun rahmat! Xalqimizni özingizdan-da ziyoda körganingiz uçun rahmat!
Biz, albatta siz tanlagan yöldan boramiz, mustaqilligimizni heç kimga berib qöymaymiz.
Sarvinoz QUVVATOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi:
– Özbek xalqi juda oğir judolikni boşidan ötkazayapti. Sababi, boşimiz uzra soyabon bölib turgan mehridaryo, vatanparvar Yurtboşimizdan ayrildik.
Prezidentimiz Islom Karimov öz umrini xalqiga baxşida etib, yurtimizni misli körilmagan darajada özgartirib, yuksaltirişga erişdilar. Sobiq imperiya davrida xarobalarga aylanib ulgurgan muqaddas qadamjolarimiz qayta taʼmirlandi. Buning natijasida yurtimizni dunyo tanidi.
Prezidentimiz öz nutqlaridan birida: "Men heç narsadan qörqmayman, çunki mening mehnatkaş va ertangi kunga işonçi baland xalqim, öqiş va izlanişdan heç qaçon tolmaydigan iqtidorli avlodlarim va bizga qilgan işlari bilan kuç berib turuvçi ajdodlarim bor”, degan edilar. Ha, biz şunday kelajagi buyuk xalqmiz va bundan keyin ham şunday buyuk bölib qolajakmiz. Oxiratingiz obod bölsin, xalqimizning mehridaryo va vatanparvar Otasi!
Nafosat TURSUNBOYeVA, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi:
– Muhtaram Yurtboşimizning Özbekiston yoşlari heç kimdan kam emas, deya taʼkidlaşlari bizni ğururlantiradi. Bunday buyuk, jasur insonning farzandlari ekanmiz, biz har doim marrani baland olib, faqat va faqat oldinga talpinişga, ruhini şod etişga intilamiz.
Yurtboşimizning işonçlarini oqlaymiz, ularga munosib farzand bölib, yurtimiz bayroğini yanada baland çöqqilarga kötaramiz. Ularni doimo xotiramizda mehribon otamiz sifatida saqlaymiz.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶