KELAJAKNI OLDINDAN KÖRUVÇI DAHO EDILAR
Men to nafaqaga çiqqunga qadar 40-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçi-yoşlarga tarix fanidan dars berdim. Mening öqituvçilik faoliyatim mustaqillik yillarida yuksak qadrlandi. 2002-yilda, "Ustoz va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami arafasida Prezident Islom Karimovning Farmoniga köra "Şuhrat” medali bilan taqdirlandim. Mustaqillik nafaqat mening xizmatlarimni qadrladi, balki farzandlarim, oilam uçun keng imkoniyatlar eşigini oçib berdi. Tört nafar farzandimning barçasi oliy maʼlumotli kadrlar bölib yetişişdi. Prezident Islom Karimov taşabbusi bilan tumanimizda bunyod etilgan namunali uylardan birining sohibasi böldim. Men avvalo ona, ayol, ustoz-murabbiy sifatida Yurtboşimiz tomonidan yaratib berilgan şart-şaroitlar va imtiyozlardan töla bahramand böldim, deb ayta olaman. Hayotimga, turmuş tarzimga beqiyos özgarişlar olib kirgan Prezident Islom Karimovning nomi bizning oilamiz uçun hamişa qadrli.
Men tarixçi, faxriy öqituvçi sifatida şuni işonç bilan ayta olamanki, Islom Karimov kelajakni oldindan köra olgan va ana şu kelajak ufqlari sari intilib yaşagan uluğ donişmand edilar. Bu uluğ zot mustaqillikning birinçi yilida nimaiki orzu qilgan bölsalar, barçasi ijobat böldi. U – Vatanda tinçlik, farovonlik, obodlik yaratmoqni istadi! Ming-ming şukur – bugun Özbekiston hur, ozod, erkin, farovon va obod göşaga aylandi! U farzandlari soğlom, aqlli va dono yurtni orzu qildi va bugungi Özbekiston yoşlari aynan Prezident orzusidagi barkamol avlod sifatida şakllandilar!
Ayolga şarqona ehtirom, keksalarga beqiyos izzat-ikrom körsatiş, ajdodlar dahosiga sodiqlik – Islom Karimov hayoti va faoliyatining uzviy qismi edi. Nazarimda, Özbekistonning birinçi Prezidenti jamiki ezgu işlari bilan özi yaxşi köradigan aziz xalqi yuragiga singib ketdi. U hamişa, har kuni, har soat, har lahzada biz bilan, özlari boşlab ketgan ezgu işlar rivoji bilan yaşayveradi.
Xuşröy YeŞÇANOVA,
faxriy öqituvçi,
"Şuhrat” medali sohibasi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶