FUQARONING BUZILGAN HUQUQI TIKLANDI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, munosib mehnat şaroitlarida işlaş, keksayganida nafaqaga çiqişiga ulkan ğamxörliklar qilinmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qiliş bölimi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2016-yil 5-aprel kuni Nukus şahri J.Örinbayev köçasi, 126-uyda yaşovçi fuqaro J.Qayipovning Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Nukus şahar bölimi tomonidan yoşga doir imtiyozli pensiyaga çiqarilmagani uçun norozilik bildirib yozgan murojaati körib çiqildi.
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan fuqaro J.Qayipovga işlayotgan Respublika Vabo, karantin va öta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filialining Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 28-maydagi 247-son bilan röyxatga olingan "Mehnat şaroitlarini baholaş va mehnat şaroitlari böyiça iş örinlarini attestatsiya qiliş” uslubi talablariga asosan attestatsiya xulosalarining yöqligi sababli, yoşga doir imtiyozli pensiya tayinlanmaganligi bildirildi.
Örganiş jarayonida attestatsiya xulosalarining yöqligi uçun fuqaro J.Qayipov aybdor emasligi aniqlandi.
Örganilgan holatlar yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Nukus tumanlararo fuqarolik işlari böyiça sudiga fuqaro J.Kayipovning manfaatini közlab, Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Nukus şahar bölimining 2016-yil 12-fevraldagi 1/294-sonli qarorini xaqiqiy emas, deb topiş va fuqaro J.Qayipovga yoşga doir imtiyozli pensiya tayinlaş majburiyatini yuklaş töğrisida daʼvo ariza kiritildi. Kiritilgan daʼvo ariza sud tomonidan qanoatlantirilib, Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Nukus şahar bölimining 2016-yil 12-fevraldagi 1/294-sonli qarori haqiqiy emas, deb topildi va fuqaro J.Qayipovga yoşga doir imtiyozli pensiya tayinlaş majburiyati yuklatilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
Jenis Dosimbetov,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qiliş bölimi boş maslahatçisi
(Foto - http://diyonat-press.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶