HALI MEN EGALLAŞIM KERAK BÖLGAN PILLAPOYaLAR KÖP
Yurtboşimiz I.Karimov aholi bilan bölgan uçraşuvlarida, yiğilişlarda bizning farzandlarimiz heç kimdan kam emas, heç qaçon kam ham bölmaydi, deya faxr bilan aytadilar.
Bu işonç har bir yoş yigit-qizning zimmasiga mamlakatimizda yoşlarga yaratilgan imkoniyatlarga loyiq inson bölib yetişiş masʼuliyatini yuklaydi.
Men uç yildan beri tumanimizdagi BÖSMning Ildar Erimmetov trenerlik qiladigan karate guruhi maşğulotlariga qatnaşaman. Maktabimizda jismoniy tarbiya darsi maşğulotlarini sidqidildan bajarib, uyda ham çiniqiş maşqlarini bajarib yurganim karate bilan şuğullanganimda juda qöl keldi. Qolaversa, ustozim mening şu sport turidan iqtidorimni rivojlantirişga köp eʼtibor berdi. Avval BÖSM birinçiliklarida, keyin nufuzli davralarda ğalabaga erişa boşladim.
Mening hayotimda 2015-yil öçmas taassurotlar qoldirdi. May oyida Urganç şahrida bölib ötgan Xorazm viloyatining oçiq birinçiligida ikkinçi örinni, dekabr oyida bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligida ikkinçi örinni yengib oldim va erişgan natijalarim tufayli Qoraqalpoğiston Respublikasi karate terma jamoasi aʼzosi böldim.
Şu yilning 26-28-fevral kunlari Çirçiq şahrida karate böyiça bölib ötgan Özbekiston Respublikasi birinçiligida Qoraqalpoğiston terma jamoasi safida, 45 kg.gaça bölgan vazn toifasida davraga tuşib, eng yuqori örinni yengib oldim va Özbekiston çempioni böldim.
Ğoliblik şohsupasida turib, taqdirlangan damlarim hayotimning eng unutilmas damlari bölib qoladi.
Men erişgan natijalarim tufayli 14 yoşimda sport ustaligiga nomzod böldim. Bu ğalabalar mening özimga bölgan işonçimni mustahkamladi. Ustozim ham har bir maşğulotimizda "hali sen zabt etişing kerak bölgan pillapoyalar köp, çempion böldim, deb böşaşma”, deb taʼkidlaydi.
Aslida mening ham niyatim – tumanimiz sport şarafini xalqaro musobaqalarda yuqori kötariş.
Har safargi ğalabam bilan ota-onam, qarindoşlarim, maktabdagi ustozlarim, döstlarim quvonib tabriklaşganida könglimdagi şu niyatimga xuddi qanot bağişlaganday bölişadi.
Ularning işonçini oqlaşga doimo intilaman. Barça tengdoşlarimga: "bolalik damlarini behuda ötkazmay, özlaringiz xohlagan maşğulot bilan jiddiy şuğullaning, iqtidoringizni namoyon eting!”, – deyman.
Barçaga mustaqilligimizning 25 yilligi qutluğ bölsin!
Jahongir JUMABOYeV,
55-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶