DEHQONGA ERK BERILGACh...
Agar agrar tarmoqda yetakchi kuchga aylangan fermerlar soʻzlariga quloq solsangiz, sohadagi yuksalishlar, yangilanishlar dehqonga erk berilganidan, deya faxr bilan gapirishadi.
"Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi rahbarligini qoʻlimga olgach, buning maʼnosini teran angladim.
Ha, sobiq ittifoq davrida uzoq yillar davomida shakllangan paxta yakka-hokimligi, butun imkoniyatlar faqat paxta xomashyosini tayyorlashga qaratilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining koʻp qismi chetdan keltirilishi xalqimizning tinkasini quritgan edi.
Qolaversa, xususiy mulkning taʼqib qilinib, maʼmuriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining qatʼiy hukmronligi dehqonning, soha mutaxassislarining bunyodkorlik xislatini boʻgʻib qoʻygan edi.
Mustaqillik tufayli dehqon yerning haqiqiy egasiga aylandi. Mehnati samarasini oʻzi koʻradi, yetishtirilgan hosildan manfaatdorligi yuqori. Endilikda sohada maʼmuriy buyruqbozlik emas, ishga ijodiy yondashuv hukmron. Fermer mulkdor sifatida oʻz yeriga, texnikasiga oʻzi javobgar, mehnat resurslaridan unumli foydalanadi.
Eng muhimi, yerga oqilona munosabat oʻrnatildi. Bugungi kunda bir vaqtlar otalarimiz butun qish davomida mashaqqatlar bilan qazigan ariq-zovurlarni hozir qudratli texnikalar hash-pash deguncha tozalab tashlaydi.
Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bizning "Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligimiz dehqonlari barcha sohalarda muntazam reja - topshiriqlarini ado etib kelishmoqda.
Joriy yilda 52 gektar yerga paxta ekib, sidqidildan mehnat qilganimiz bois, dalalarimizda moʻl hosil yetildi. Ilk hosilimizni davlatimiz xirmoniga topshira boshladik. 106 tonnalik marrani yaqin kunlar ichida egallaymiz.
Shuningdek, 15 gektar maydondagi gʻalladan 38 tonna bugʻdoy, 15 quti ipak qurti parvarish qilib, 900 kg.dan ziyod pilla yetishtirib, rejalarimizni ado etdik. 8 gektar maydondagi bogʻimizda mevalar serob. 70 bosh zotdor qoramollar veterinariya qoidalariga muvofiq boqilmoqda. Yaqinda 1,20 sotix maydondagi hovuzda baliqchilikni ham tashkil qildik. Natijada fermer xoʻjaligimiz aʼzolarining daromadi moʻl, turmushi obod boʻlayotir.
Fermer uchun oʻz hududini obod qilib, oʻzining, xoʻjaligida ishlovchilarning ham oilasi farovon, dasturxoni toʻkin boʻlishiga erishishi juda muhim. Mening xoʻjalik rahbari sifatidagi eng muhim maqsadim ham shudir.
Barcha sohalarda yangilanishlarga, yuksalishlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib bergan istiqlolimizning 25-yilligi bilan butun tumanimiz xalqini qizgʻin tabriklayman!
Shavkat YaXShIMURODOV,
"Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi raisi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶