DUNYo REYTINGLARI
2011-yil – "Save the children” xalqaro tashkilotining reytingiga koʻra Oʻzbekiston bolalar salomatligi boʻyicha dunyoning oʻnta yetakchi davlatlari qatoriga kiritildi.
2013-yil – Oʻzbekiston 2013-yilda biznes uchun dunyodagi eng istiqbolli 20 davlat qatoriga qoʻshildi.
***
2015-yil – AQShda faoliyat koʻrsatayotgan Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni oʻrganish markazi tomonidan eʼlon qilingan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi»da Oʻzbekiston dunyoda 2-oʻrinni egalladi. Soʻrovnomada 3 ta savol oʻrtaga qoʻyilgan. Birinchi savol «Siz oʻzingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?» degan mazmunda berilgan. Ikkinchi savol: «Siz oʻzingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qoʻrqmasdan yolgʻiz yura olasizmi?». Va uchinchidan, «Oxirgi oʻn ikki oyda siz va oila aʼzolaringizning pul va mol-mulki oʻgʻirlangan holat sodir boʻlganmi?» degan savol berilgan. Bizning bunday oʻta muhim masala, yaʼni yurtimizda tinch va osuda hayotni asrash va himoya qilish boʻyicha mana shunday yuksak darajaga koʻtarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng eʼtirof etilgani, hech shubhasiz, barchamizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.
***
2015-yil – 100 yoshdan oshgan insonlar yashovchi mamlakatlar borasidagi tadqiqot "Elvisti” (Ukraina) axborot markazi tomonidan elektron OAVlar orqali tarqatilgan soʻnggi bir yarim yildagi materiallar asosida oʻtkazilgan. Unda 4,5 mln. material monitoring qilingan. Oʻzbekiston ushbu reytingda Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlardan keyingi oʻrinni band etgan. Shunga qaramay, uzoq umr koʻruvchilarning aholi soniga nisbati jihatidan mamlakatimiz kuchli uchlikdan oʻrin egallagan.
***
2015-yil – Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan "Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda tadqiqot oʻtkazildi va uning natijalari matbuotda eʼlon qilindi. Ana shu tadqiqotga koʻra, Oʻzbekistonimiz mazkur reytingda 158 mamlakat orasida 44-oʻrinni, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari oʻrtasida esa birinchi oʻrinni egalladi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶