17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 06:54
Jamiyat 👁 2,501

MUSTAQILLIK – BU XUKUK DEMAKDIR

MUSTAQILLIK – BU XUKUK DEMAKDIR

Xalqimiz har yili  Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan sanani muqaddas bilib, katta tantanalar bilan nishonlaydi. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan bosib oʻtgan yoʻlimizni, amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilib olamiz.

Mustaqillik - eng avvalo, oʻz taqdirimizni oʻz qoʻlimizga olish, oʻzligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun moʻʼtabar shu zaminda, har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalikni barqaror qilib, baxtiyor va hur yashash imkonini berdi.

Biz uchun mustaqillik - Allohning oʻzi el-yurtimizga inʼom etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aql-u zakovatiga tayanib, Oʻzbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirish imkonini berdi.

Mustaqillik yillarida sud-huquq islohotlari doirasida notariat, advokatura, FHDYo organlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar fuqarolar va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam koʻrsatishga asos boʻlayotir.

1998-yil "Oila yili” deb nomlandi, shu munosabat bilan maxsus davlat Dasturi hayotga tatbiq etildi. Xuddi shu yili Oila Kodeksi kuchga kirdi. 2002-yilda Kodeksning 17-moddasiga nikohlanuvchi shaxslarni davlat sogʻlikni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni koʻzda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi. Unga asosan hukumatimizning 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan "Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu esa tibbiyot muassasalari qatori FHDYo organlari zimmasiga ham alohida masʼuliyat yukladi. Ahamiyatlisi, bu kabi saʼy-harakatlar sogʻlom zurriyodning dunyoga kelishiga xizmat qilmoqda.

Keyingi yillarda FHDYo organlari faoliyatini takomillashtirishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yoʻriqnoma, Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarning qabul qilinishi, "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahrirda ishlab chiqilishi, FHDYo organlari masʼul xodimlariga maxsus unvonlar, yangi martaba darajalarining berilishi sohaga boʻlgan eʼtiborning yorqin namunasi, deya eʼtirof etish mumkin.

Har bir xalq oʻz tarixiy ildizlaridan oziqlanib, ravnaq topadi. Shu maʼnoda mustaqillik tarixini oʻrganishimiz bizni quvvatlantiradi, yangi-yangi marralar sari yetaklaydi. Istiqlolning 1991-yil 1 sentyabrdan keyingi shonli tarixini mulohaza qilish – xalq sifatida bugungi farovon turmushimizga erishish zamirida qanday mashaqqatlar yotganini, qanday murakkab yoʻllarni matonat bilan bosib oʻtganimizni esdan chiqarmaslikka, tinchlik-xotirjamligimizning qadriga yetishga undaydi.

Sanobar XOLBOYeVA,

tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

(Foto-http://sharqyulduzi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026