OGOHLIKDA XÖRLIK YÖQ
Ötgan 2015-yilda dunyo miqyosida ötkazilgan reytingda Özbekistonimiz eng oldingi tinç-osuda mamlakatlarning biri sifatida eʼtirof etildi. Bu bejiz emas, albatta.
Yurtimizning qaysi hududiga, qay mahalda yölga çiqsak ham, xudoga şukr, heç narsadan xavfsiramaymiz. Har kim öz uyida oila aʼzolari bilan bexavotir yaşaydi. Biroq xalqimizning "öz mulkingga özing ogoh böl, qöşningni öğri tutma”, degan maqoli ham bejizga aytilmagan. Yaʼni beşala barmoğimiz baravar bölmaganiday, ayrim tarbiyasi buzuq, heç qayerda işlamay, lekin şohona yaşaşni orzu qiladiganlar ham oramizda uçrab turadi. Ular özgalar mulkini özlaştirişga, şu yösin osongina daromad topişga harakat qiladilar.
Buningdek köngilsiz hodisalar sodir etilişining oldini olişda tuman içki işlar bölimi huzuridagi qöriqlaş bölinmasi xizmati muhim ahamiyatga ega. Bölinmaning asosiy faoliyati iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik binolarni, davlat ahamiyatidagi obʼektlarni va xususiy xonadonlar, tadbirkorlik obʼektlarini qöriqlaşdan iborat.
Jami 81 nafar xodim mehnat qiladigan bölinma ayni kunda 52 ta obeʼktlarni qöriqlaşga olgan. Şuning 15 tasi xonadonlar, korxonalar va tadbirkorlik obʼektlari esa 37 tadir.
Ötgan yillar mobaynida bölinmamiz xodimlari öz xizmat vazifasini sidqidildan ado etganliklari tufayli mazkur obʼektlarda heç qanday notinçlik, köngilsiz hodisa sodir etilmadi.
Agar tumanimizdagi xususiy tadbirkorlar, xonadon egalari obʼektlarining xavfsizligi taʼminlanişini istasalar, qöriqlaş bölinmasi xizmatidan foydalanişlari mumkin. Buning uçun bölinmaga murojaat qilinadi va qöriqlaş yuzasidan şartnoma tuziladi. Har kim öz mulkiga özi ogoh bölsa, köpgina köngilsizliklarning oldi olinadi. Axir donolar ogohlikda xörlik yöq, deb bekorga aytişmagan.
Ergaş SAPIYaZOV,
tuman IIB huzuridagi qöriqlaş bölinmasi texnik qöriqlaş punkti boşliği, serjant.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶