14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:25
Adabiyot 👁 3,901

MAʼRIFAT QONUNIYaTI

MAʼRIFAT QONUNIYaTI

                                  (Publitsistika)

Millat va xalq orzusi

Dunyoda bir-birini rad etishga har lahza tayyor ikkita qarama-qarshi kuch bor – ilm-irfon va jaholat. Qachonki qalb loqaydlikka moyil boʻlsa, demak, bu qalbda ilm nuri soʻnadi. Zulmatda qolgan qalbni jaholat mahv etadi. Nazarimda, buyuk ajdodlarimiz barpo etgan Turkiston davlati bobolardan meros qudratli maʼnaviyatidan ana shunday loqaydlik bois mahrum boʻldi.

Shuning uchun ham ajdodlarimiz zakosi – Amir Temur davlatchiligiga oid tarixiy haqiqat, Ibn Sinoning tib ilmi, Forobiyning ulugʻ tafakkur dunyosi, Mirzo Ulugʻbekning ilmi nujumi, Xorazmiyning eng aniq matematik xulosalari, Beruniyning qomusiy ilmi, yana qancha buyuk ajdodlarimizning ziyobaxsh ilmlari jaholat pardasi ortida qoldi. Bobolarning millat farzandlarini ilm-maʼrifatda tengsiz avlod sifatida shakllantirish xususidagi orzulari zoʻravonlik va mutʼelikning qalin pardasi bilan burkalgan zulmat aro unutildi...

Inson hamisha orzu bilan tirik. Uning dilida orzu boʻlsagina hayot goʻzalliklarini his qiladi, yorugʻlikka, nurga intiladi. Millat qonini gupirtirgan orzu XIX asr oxiriga kelib, isyon boʻlib maydonga chiqdi. Millatni buyuk maʼnaviyatidan ayirib, qudratli saltanatni, bilimdon va zukko farzandlar tarbiyalash orzusini poymol qilgan jaholatga qarshi kurashga chogʻlandi yana bobolarimiz. Avlodlar kamolotini taʼminlash orzusini mahv etgan jaholatdan qutulish yoʻllarini izlaganlar, albatta, ziyolilar boʻldi.

Hurlik va ozodlik yoʻliga oʻz jonini tikkan millat fidoyisi, Turkiston jadidlarining yetakchisi, mufti Mahmudxoʻja Behbudiy hazratlari "Ehtiyoji millat” asarida jaholatni keltirib chiqargan illatlarni chuqur tahlil etib: "Biz nega mustamlaka boʻlib qoldik?” degan savolga qatʼiyat bilan shunday javob bergan edilar:

"Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol boʻlur!”

Turkiston jadidlari goh yashirin, goh oshkor ravishda taʼlim islohi bilan shugʻullandilar, maktablar ochib, xalq farzandlarini ilm maskanlarida oʻqishga jalb etishga urindilar, islohotni amalga oshirish va taraqqiyot yoʻllarini izladilar, milliy ozodlik harakatini avj oldirdilar va nihoyat...

Nihoyat qizil imperiyaning yemirilish davriga kelib Mahmudxoʻja Behbudiy hazratlari orzu qilgan taʼlim islohi bilan bogʻliq gʻoya – "dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, - degan soʻzlar umummilliy shiorga, xalq dilidagi orzuga aylandi. Bu orzu ijobati uchun ilk tamal toshlari qoʻyildi.

 

TAʼLIM TARAQQIYoTI SARI

Oʻshanda 1989-yilning oktyabr oyi edi. "...kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qoʻllab-quvvatlamasdan, - dedi Oʻzbekistonning yangi rahbari I.Karimov oʻn birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining XI sessiyasida soʻzlagan nutqida, - oʻylaymanki, biron bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda oʻzgartirib boʻlmaydi”. ("Oʻqituvchilar gazetasi”, 1989-yil 28 oktyabr).

Hali sobiq ittifoq tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining rahbari Oliy minbardan turib oʻz xalqi, millati haqida qaygʻurishi, milliy kadrlar tayyorlash masalasini koʻtarishining oʻzi jasorat edi. Oradan ikki yil oʻtib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, millat va xalq orzusi oʻz Prezidenti rahnamoligida qonuniy kafolatlarga  ega boʻldi. 1992-yilda "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu yangi tipdagi maktablar va umumtaʼlim oʻquv yurtlari tarmogʻini kompleks rivojlantirish imkonini berdi. 1997-yilga kelib, mamlakat taʼlim tizimida keskin burilish yasagan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi.

Tarixan qisqa muddat ichida Milliy dasturga muvofiq taʼlimning barcha bosqichlarida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, maktabgacha taʼlim, boshlangʻich va umumiy  taʼlim hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi – uzluksiz va bepul 12-yillik majburiy taʼlim sifatida har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun beqiyos imkoniyatlar eshigini ochib berdi: mamlakat ijtimoiy-siyosiy iqlimida ijobiy oʻzgarishlar yasaldi, shaxsning hayotdan oʻz oʻrnini topish jarayoni tezlashdi. Bu - jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning  kamolga yetishuvida mustahkam zamin boʻldi. Qizil imperiya davridagi "qishloqda yashovchilar traktor haydashni bilishi kerak”, qabilidagi istalmagan, hech kimning orzusi boʻlmagan zoʻraki kadrlar tayyorlash tizimiga, maʼmuriy buyruqbozlik  va qoliplashtirilgan dars oʻtish tizimiga tubdan barham berildi.

Bugungi kunda butun dunyoda qiziqish uygʻotgan "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mamlakat taʼlim tizimini haqiqiy taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.

 

ILM-IRFON TAFTI

Mustaqillik – nafaqat taʼlim sohasining, balki har bir oʻqituvchining, hatto oʻquvchining qadrini baland qildi: maktabga ilk qadam qoʻygan mustaqillik davri bolalari Prezident Farmoniga muvofiq 26 xildagi oʻquv anjomlari bilan bepul taʼminlanishi, mamlakatimizda barkamol avlod tarʼlim-tarbiyasi borasidagi gʻamxoʻrliklar ummon boʻlsa, bu – ummondan bir tomchi edi. Mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablari jahon andozalari darajasidagi oʻquv maskanlariga aylantirildi. Qisqa davr ichida yuzlab taʼlim muassasalari, sport inshootlari barpo etilib, yosh avlod ixtiyoriga berildi.

Uzoqqa bormasdan, mustaqillik bergan ulugʻvor imkoniyatlarga tumanimiz misolida nazar tashlaganimizda, xalq taʼlimi sohasida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlar umumiy oʻrta taʼlim maktablarining nafaqat tashqi qiyofasida, balki taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifatida ham tub burilishlar yasalganining guvohi boʻlamiz. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida tumanimizdagi 70 ta umumtaʼlim maktablarining 24 tasi, yaʼni uchdan bir qismigina zamonga maʼlum maʼnoda mos keluvchi binolarda joylashgan edi. Mazkur maktablardagi oʻquv jihozlari ham, oʻquv jarayoni ham oʻzgarmas holatda boʻlib, oʻqituvchi bu oʻzgarmas qoidaga qarshi biron bir fikr aytishi mumkin emasdi. Mustaqillik davrida taʼlim-tarbiya jarayoni va taʼlim maskani faoliyatida keskin burilish yasaldi. XTMFMTTEB tasarrufidagi 122 ta taʼlim muassasasida barcha ishlar zamon talablari darajasiga yetkazildi. 82 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 1 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi, 1 ta Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa  va sanʼat maktablarida yosh avlodga taʼlim va tarbiya berish uslublari oʻzgardi. Oʻqituvchi-murabbiylar orasida oʻz uslubiga ega ijodkor-oʻqituvchilar yetishib chiqdi va bu ijodkor oʻqituvchilar tomonidan oʻnlab uslubiy qoʻllanmalar yaratildi.

Mustaqillik tufayli bunyod etilgan yangi oʻquv muassasalari binolari, ularda yaratilgan shart-sharoitlardan koʻngillarga xotirjamlik inadi. Bundan 25-yil avval tumanimiz xalqi uchun qoʻl yetmas orzu boʻlgan "xayoldagi sharoitlar” bugun hayotga aylandi. Birgina 2015-2016 oʻquv yilida 719 ta fan toʻgaraklarida salkam 14 ming nafar oʻquvchi-yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashdilar. Faqat umumtaʼlim maktablarining oʻzida tashkil etilgan 415 ta sport toʻgaraklariga 9642 nafar oʻquvchi jalb etildi. Tumandagi 3 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablari huzuridagi 20 dan ortiq toʻgaraklarda yoshlarning oʻz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Bugungi umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi taʼlimning keyingi bosqichi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oʻzlari xohlagan yoʻnalishni tanlab, uch yil davomida toʻla davlat gʻamxoʻrligi ostida tahsilni davom ettirishi uchun jahon andozalari doirasidagi imkoniyatlar mavjud.

MILLIY KADRLAR – BOʻLGʻUSI MILLAT ALLOMALARI

Oʻn ikki yillik uzluksiz bepul taʼlim tizimining joriy etilishi koʻpdan-koʻp muammolarning ijobiy hal etilishida muhim omil boʻldi, nazarimda. Birinchidan, umumtaʼlim maktabini bitiruvchi yoshlar ota-onasining issiq bagʻridan olisga ketmay, oʻz tumanida, oʻz qishlogʻida bunyod etilgan kasb-hunar kollejida oʻqish imkoniga ega boʻldi. Ikkinchidan, yuzlab chaqirim olisdagi shaharlarga qatnab oʻqishdan qutulishdi.

Tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyi, 8 ta kasb-hunar kollejlarida dars jarayonilariga eng zamonaviy pedtexnologiyalarning joriy etilishi, oʻquvchilarning ilm-u hunarli boʻlishlari uchun koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar tumanimiz yoshlarining shaxs sifatida shakllanishlari, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qilmoqda.

Maʼrifat qonuniyati – bu yer yuzida Oʻzbek degan millat yaralganidan beri ana shu millat qonida yashab kelayotgan abadiy orzu – bugungidan koʻra yaxshiroq yashashga intilish, oʻgʻil-qizini oʻzi erishgan pogʻonalardan koʻra yuqoriroqqa koʻtarish, ilm-irfon chirogʻining  nurafshon shuʼlalari ila har bir koʻngilni, xalq qalbini quvvatlantirish! Garchi bu buyuk tuygʻuni  millat dilidan yulib tashlab, mahv etishga intilgan johil qadamlar koʻp boʻlsa-da, bu qonuniyat millat qonida abadiy qoldi. Asrlar osha dunyo  tamaddunini ana shu maʼrifat qonuniyati asosida nurlantirdi, koʻngillarga ilm-irfon yogʻdularini sochdi. Jaholat pardalarini qayta va qayta surib tashlab, davomiylik kasb etdi. Bugun u taraqqiyotning "Oʻzbek modeli” sifatida oʻzini namoyon etdi. Bu – Oʻzbekiston yoshlarining kelajakka ishonch toʻla chaqnoq koʻzlarida, qadamlarida aks-sado berib turibdi. Qadamlari dadil  va zalvorli bu yoshlarning kelajak ufqlari yorqin. Ularning har biri zulmatlarni parchalab tashlashga qodir maʼrifat yulduzlari. Bu yulduzlar maʼnaviyat va maʼrifat osmoni aro mangudir. Shudir, azizlar millatning baxti, iqboli! Ularni Istiqlol tarbiya  etdi. Istiqlol ulgʻaytirdi. Va kelajakning yanada yorqin ufqlari sari dadil qadam tashlamoqqa oʻrgatdi! Bu – Yurtboshimiz qayta-qayta taʼkidlagan ilm-irfon, maʼrifat qonuniyatining davomini yaratuvchi kuch! Uning davomi – uzun. Uning davomida millat va xalq baxt-saodatiga metin kafolat bor, yanada obodlik, obodlik  va obodlik bor! Toki Vatan farzandlari ilm-maʼrifat tugʻini baland tutar ekanlar, bu qonuniyat aslo oʻlmasdir, mangudir!

 

Robiya YOʻLDOShEVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019