22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:02
Jamiyat 👁 3,804

OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI

OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI

"Oila” – er-xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xoʻjalik yuritadigan er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka, opa-singillar, bobo-buvilar va boshqa qarindoshlar oʻrtasidagi munosabatlarga asoslangan kichik ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai” deya taʼrif berilgan oilaga "Maʼnaviyat – asosiy tushunchalar izohli lugʻati”da.

Ayni vaqtda oila jamiyat hayotiga ham taʼsir etib, farzandni dunyoga keltirish, uy-roʻzgʻorda mehnat qilish, xoʻjalik yuritish, yosh avlodni tarbiyalab kamolga yetkazish kabi qator vazifalarni ham bajaradi.

Oila mustahkam, tinch, farovon va sogʻlom boʻlsagina jamiyat barqaror rivojlanadi.

Oiladagi sogʻlom muhit, ota-ona tarbiyasi orqali nafaqat jamiyatning bugungi kuni, balki uning istiqboli ham belgilanadi.

Shu boisdan ham mamlakatimizda oila muqaddas sanaladi, sogʻlom oilalar barpo etilishiga eʼtibor qaratiladi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy yilimizning "Sogʻlom ona va bola yili” deya nomlanishiga muvofiq qabul qilingan davlat Dasturida ham oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir gʻoyat muhim chora-tadbirlar majmui qamrab olingan. Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamizdagi, Oʻzbekiston Respublikasining "Oila” Kodeksidagi oila toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrliklar yana ham rivojlantirilgan.

Maʼlumki amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq nikoh tuzish ixtiyoriy hisoblanadi. Nikoh tuzilgan kundan boshlab, er-xotin oʻrtasida oilaviy majburiyatlar paydo boʻladi. Biroq bularni tushunib-tushunmay, ota-ona yo qarindoshlar yoʻrigʻiga koʻra turmush qurayotgan, toʻyimiz oʻtsa boʻldi-da, nikohdan soʻng ham oʻtaveramiz, deb oʻylaydigan yoshlarimiz ham yoʻq emas. Qonuniy nikohdan oʻtmasdan farzandli boʻlayotgan, maʼlum muddat yashab, ajrashib ketayotgan oilalar ham, afsuski, uchrab turibdi.

Biz yoshlarga oila qurishni qonuniy amalga oshirish lozimligi xususida koʻp tushuntiramiz. Biroq doim kutilgan natijaga erisholmayapmiz.

Oilani qonuniy asosda qurish, yaʼni toʻy kunida nikohdan oʻtish  kelin-kuyovga, ularning ota-onalariga ham maʼlum maʼnoda majburiyat yuklaydi, jiddiyroq qarashga undaydi. Qonuniy nikoh yangi barpo etilayotgan oilaning tinch-osuda turmush kechirishiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa, turmush qurayotgan yoshlar oʻz vaqtida FHDYo boʻlimiga murojaat qilishsa, nikohdan oldingi  tibbiy koʻrikdan  oʻtib, bir-birining sogʻlomligi haqida ham maʼlumotga ega boʻladilar. Bu kelgusi-da oilada sogʻlom farzandlar  dunyoga kelishiga zamin yaratadi.

Shunday ekan, oila va nikoh masalalariga yengil-yelpi qaramaslik, oilani qonuniy asosda bunyod etish lozim.


Feruza SAPAROVA,

tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026