VATAN MANZARALARI TASVIRI TANLOVI
Tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida iyul oyida mahallalarda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va nishonlash, mahallalarda istiqomat qiluvchi iqtidorli yoshlar va bolalarni aniqlash, ragʻbatlantirish, ulardagi Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada orttirish maqsadida bolalar oʻrtasida "Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida "Asfaltga rasmlar chizish” tanlovi oʻtkazilgan edi.
Joriy yilning 11-avgust kuni tuman hokimligi binosi oldida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan "Goʻzal va betakrorimsan muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida "Asfaltga rasmlar chizish” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi va oʻtkazildi.
Tanlovda mahalla bosqichida gʻolib boʻlgan 47 nafar hamda 3 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilari jami 50 nafar ishtirokchilar oʻrtasida Vatanga muhabbat tuygʻularini aks ettiruvchi rasmlar chizish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Tanlovda ishtirokchilarning 40 daqiqa vaqt ichida Mustaqilligimizning 25 yilligiga bagʻishlangan, ona Vatanni madh etuvchi asfaltga chizilgan rasmlari hakamlar hayʼati tomonidan oʻrganilib, gʻoliblar aniqlandi.
Xulosalarga koʻra, Xolimbeg ovulidan Shahlo Shermetova "Eng yaxshi kompozitsiya” chizganligi uchun faxrli 1-oʻrinni, Boy ovul mahallasidan Mavluda Nurullayeva "Eng yaxshi rangtasvir” uchun 2-oʻrinni, "Eng mazmunli kompozitsiya” yaratganligi uchun Bosuv mahallasidan Asaloy Xudayberganova 3-oʻrinni egalladilar. Tanlov gʻoliblari hamda ishtirokchilar "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Gavhar ChIMBAYChIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶