YaYRAB IShLAYDIGAN ZAMON KELDI
Mustaqillik – bu soʻzni har bir inson dilidan oʻtkazar ekan, uning koʻz oldida Vatanimizning kechagi va bugungi kundagi qiyofasi gavdalanadi. Mana, Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil davlat sifatida oʻz erki, oʻz huquqiga ega boʻlganiga ham 25-yil toʻlish arafasida. Ushbu qisqa yillar ichida mamlakatimizda buyuk oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Yer yuzining koʻpgina joylarida urushlar, bosqinchiliklar boʻlayotgan bir davrda elimiz tinch, osmonimiz musaffo, ota-onalar farzandlari koʻzlarida porlayotgan quvonchdan baxtiyordirlar. Ayniqsa, Yurtboshimizning onalar va bolalarga, ularning sogʻligiga eʼtibori buning yaqqol dalilidir.
Bu eʼtibor bizning tumanimizda ham oʻz aksini topgan. Tumanimizda qurilib, ishga tushirilgan maktablar, ulardagi zamonaviy sport maydonchalarida sportning har xil turlari bilan shugʻullanayotgan yoshlarni koʻrib, diling yayraydi, ularga havasing keladi.
Tumanimizdagi har bir maktabda jonkuyar, fidoyi ustozlar oʻquvchilarning yozgi taʼtilda mazmunli dam olishlari uchun bellashuv, turli uchrashuvlar, ota-onalar bilan suhbatlar, musobaqalar tashkil qilmoqdalar. Xususan, yaqinda bizning 76-sonli maktabimizning 2-sinf oʻquvchilari orasida "Quvnoq startlar” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Bu musobaqa Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji qoshidagi sport maydonchasida oʻtkazildi. Musobaqani oʻqituvchilar Gulshirin Ismoilova, Nusrat Kamolov, Samad Baxtiyorov, Rasul Xoʻjamurodovlar tashkil qildilar. Oʻtkazilgan tadbirdan oʻquvchilargina emas, ota-onalar ham juda xursand boʻldilar. Ota-onalar maktab maʼmuriyati va ustozlarga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.
Biz bu bilan bolalarimiz har qanday ijobiy yangilikka intiluvchan ekanligini va ular bilan koʻp ijodiy ishlashish lozimligini his qildik. Bizga bunday imkoniyatlarni bergan. mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.
Tamara MADADOVA,
76-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶