15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 02:48
Jamiyat 👁 2,720

MAQSADIMIZ – SOGʻLOM TURMUSh TARZINI QAROR TOPTIRISh

MAQSADIMIZ –  SOGʻLOM TURMUSh TARZINI QAROR TOPTIRISh

Bizning Qilichboy ovulimizda jami aholi soni 5284 nafar boʻlib, oilalar soni 1217 tani tashkil etadi. Ushbu oilalarda 2670 nafar ayol-qiz, 1740 nafar voyaga yetmagan yoshlar istiqomat qiladi.

Oilalarda sogʻlom muhit, mehr-oqibat, oʻzaro hurmat va totuvlik barqaror boʻlmogʻi, farzandlarimizni yoshligidan halol yashashga oʻrgatish, saranjom-sarishtalik - bularning barchasi mahalladagi sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Har bir oilaga kirib, aholi salomatligidan xabardor boʻlib, oilaning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yaxshilash ishlarini tizimli olib borayotgan "Salomatlik sektori” aʼzolarimiz, mahalla faollarimiz bilan haftaning belgilangan kunida reja asosida ish olib borishmoqda. Yoshlarni oilaga tayyorlash, sogʻlom turmushni keng targʻib qilish maqsadida yigʻin huzuridagi "Orasta qizlar” davrasi aʼzolari bilan mahallalarimizda "Eng gulzor oila”, "Eng sarishtali xonadon” kabi tadbirlarimiz mahallalarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashda sezilarli taʼsir oʻtkazmoqda. Yigʻin huzuridagi "Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi”, "Maʼnaviyat-targʻibot komissiyasi” "Yarashtirish komissiyasi”, "Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi” aʼzolari bilan hamkorlikda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Jumladan oilalarda oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirish, oqilona hayot tarzini tashkil etish, aholining farovonlik darajasini oshirish, oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash, toʻgʻri  va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar ichishni, giyohvandlikni, chekishni qatʼiyan man etish, sport bilan muntazam shugʻullanish kabi muhim masalalar boʻyicha aholi va yoshlar orasida targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududda aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni sportga ommaviy jalb qilish, uy bekalarini jalb qilgan holda oilaviy sport musobaqalarini tashkil etish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Har yili mahallamizda "Otam, onam va men – sportchi oilamiz”, "Biz – aql idrokli oilalarmiz”, "Futbolimiz kelajagi” nomli sport musobaqalari muntazam oʻtkazilib, musobaqa ishtirokchilari tuman va Respublika bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar.

Oilalarda sogʻlom turmush tarzi asosida hayot kechirishni shakllantirishimiz kerak. Chunki, millatning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomligi jamiyatimiz sogʻligidir. Maqsadimiz – har bir oilada sogʻlom turmush tarzi barqarorligiga erishishdan iborat.

Raʼno JUMANIYoZOVA,

Qilichboy OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019