22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 08:43
Jamiyat 👁 3,819

ULAR – DORILOMON KUNLAR BUNYoDKORI, YuRTIMIZ FAYZI, SUYaNChIMIZ, MASLAHATGOʻYIMIZ

ULAR – DORILOMON KUNLAR BUNYoDKORI, YuRTIMIZ FAYZI, SUYaNChIMIZ, MASLAHATGOʻYIMIZ

Mustaqillik! Bu soʻzni shunchaki aytib boʻlmaydi, uning zamirida ne-ne mashaqqatlar – xalqimizning mustabid tuzum davrida haq-huquqi, qadr-qimmati, shaʼni toptalgan, dini, milliy qadriyatlari, maʼnaviyati va madaniyati oʻtkir taʼqib ostiga olingan kunlari, hurriyatga intilishi Vatanga xiyonat sifatida baholanib, juvonmarg ketgan jonlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimizning boqiy nomlari bor, dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan, ayni kunda ham dunyo ilm-fani rivojiga tamal boʻlayotgan alloma bobolarimiz yaratgan bebaho ilmiy meroslar bor. Mustaqillikning ilk yillarida xalqimizning och-nahor boʻlsa-da, ertagi kunga umid bilan qarab, dilni-dilga, qoʻlni-qoʻlga berib, birdamlik bilan shu aziz goʻshamizda ozod, obod, farovon va baxtiyor turmush tarzini bunyod etish umidida qilgan zahmatli mehnatlari, qanoat bilan odimlagan qutlugʻ qadamlari bor.

Ha, mustaqillik – bebaho neʼmat. Uning qadr-qimmatini ayniqsa, bugungiday dorilomon kunlar uchun kurashib, xalqimizning sobiq ittifoq siyosatidan aziyat chekib yashagan davrlarini yoshlarimizga tushuntirishda, bugungi kunimizga haqqoniy va atroflicha baho berishda beqiyos xizmatlar qilayotgan yurtimiz nuroniylari soʻzlariga quloq solsangiz, yana ham teranroq anglaysiz. Bugun ana shunday turli sohalarda mehnat qilib, hozir keksalik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylarimiz suhbatidan sizni ham bahramand etmoqchimiz.

Bekman ALLAMBERGANOV, "Nuroniy”  jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi, mehnat faxriysi:

- Turli sohalarda mehnat qilib keksalik yoshiga yetgan faxriylarimizni suhbatga chorlab, savobli ish qilibsizlar. Chunki koʻpni koʻrgan, hayot tajribalariga ega ulugʻ yoshli insonlarning aynan mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida hayotiy xotiralarini, kechagi va bugungi kunimiz tafovutlari haqidagi fikrlarini tinglash yoshlarimiz uchun ulkan saboq boʻladi.

Men yoshlarga doim bir fikrni taʼkidlagim keladi: bugungiday tinch-farovon hayot oʻz-oʻzidan bunyodga kelgani yoʻq. Sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar ichida Oʻzbekiston iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan yaʼni faqat xom ashyo yetishtiruvchi hudud vazifasini oʻtagan. Ana shunday sharoitda, oʻz mustaqilligini qoʻliga olgan mamlakatimizda bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan rivojlanishning "oʻzbek modeli” deya eʼtirof etilayotgan oʻzimizga xos taraqqiyot yoʻlidan xalqimizning yakdillik bilan borgani, ertangi kunga ishonch bilan mehnat qilgani, Yurtboshimizning oqilona rejalarini hayotga tatbiq qilgani tufayli bugungiday farovon kunlarga yetdik.

Men mustaqillikning 25 yillik dovonidan orqamga qarab, oʻsha davr bilan bugungimizni solishtiraman va koʻradiganim yer va osmoncha farq qiladi.

Shularni oʻylasam, ilohim shu erishgan yaxshi kunlarimiz bardavom boʻlgay, deya tilayman.

Oʻtabika POLVONOVA, taʼlim faxriysi:

- Men 1925 yilda tugʻilganman. Esimni tanigan vaqtlarimda 1930-1935-yillar atrofida xalqning turmushi ogʻir, hech kim toʻyib ovqat emasdi, non topgan quvonardi. 1941 yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng ahvol badtar yomonlashdi. Harna ota-onamga madadkor boʻlarman, deb 16 yoshimda "Mangʻit” bosmaxonasiga harf teruvchi boʻlib ishga kirdim. Shu kuni ilk bor bir buxanka non berishdi ish haqimga. Shungayam quvonib, tashqaridan "ona, men non olib keldim”, deb qichqirib kirganman uyga. Chunki asosiy oziq – non edi-da u paytlar.

Keyinchalik oʻqituvchilik qildim, 10 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdim. Mana 50 yoshimdan beri nafaqadaman. Nafaqaga chiqqanimgayam 41-yil boʻldi. 91-yil yashab Oʻzbekistonday inson qadr-qimmati aziz tutilgan, eʼzozlangan yurtni koʻrmadim, eshitmadim.

Endi keksalik-da, boʻsh vaqtim koʻp, kitob, gazeta-jurnal oʻqiyman, televizor koʻraman. Dunyoning turli hududlarida sodir boʻlayotgan talatoʻplarni, portlashlarni eshitib yuragim orqaga tortib ketadi. Tinch, osoyishta, oʻz uyingda oʻzing bexavotir oʻtirish qanchalik ulkan baxt. Buni yoshlarimizga uqtirishdan hech charchamayman.

Valentina KUZNETsOVA, taʼlim faxriysi:

- Men asli rossiyalikman, Amudaryo tumaniga avval oʻqituvchi boʻlib keldim. Keyinchalik esa shu yer bir umr Vatanim boʻlib qoldi. Oilali, uch nafar farzandli boʻldim. Nafaqaga chiqqunimcha 30-sonli maktabda oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri, direktor boʻldim. Avvalo shuni taʼkidlagim keladiki, men haqiqiy baxtimni shu yerda – ochiqkoʻngil, bir-biriga  mehr-oqibatli va borini el bilan birga baham koʻradigan saxiy-qalb odamlar orasida topdim. Ular bilan yashaganim uchun hayotimdan mamnunman.

Mamlakatimiz mustaqilligining  25 yilligi nishonlanish arafasida turgan shu qutlugʻ kunlarda mening ham quvonchim cheksiz. Chunki Oʻzbekiston mening ham Vatanim, oʻz farzandiday barcha imkoniyatlardan foydalanish huquqini bergan, tinch-osuda hayot bergan Vatanim.

Dunyoda Oʻzbekistonday bagʻrikeng, mehmondoʻst va doʻst-birodar yurt boshqa topilmasa kerak. Buni yoshlarimiz qadrlashi, avaylashi, asrashi kerak.

Xudoyor ShOMURODOV, tibbiyot faxriysi:

- Mamlakatimizda sogʻlikni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan  oʻzgarishlarni koʻrib, qaytadan yashargim, ishlagim kelib ketadi. Chunki  tuman tibbiyot birlashmasidan tortib, olis qishloqlardagi faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlari ham zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Davolanish sharoitlarini aytmaysizmi? Bunday imkoniyatlarni men mehnat qilgan davrlarda faqat orzu qilish mumkin edi.

Shularni oʻylagan har bir yurtdoshimizning qalbida inson qadrini aziz bilgan davlatimizdan, hukumatimizdan   minnatdorchilik tuygʻusi joʻsh urishi shubhasiz.

Xolboy GUVAJONOV, mehnat faxriysi:

- Mening yoshim 70 da, millatim turkman. Amir Temur nomli ovulga koʻchib kelganimizda men ikki yashar ekanman. Asli kindik qonim Turkmanistonga tomgan boʻlsa-da, men esimni Oʻzbekistonda tanidim. Oʻzbeklarning nonini yeb, oʻz farzandiday emin-erkin oʻsib, voyaga yetdim, palak yozdim. Hozir farzandlarim, nevaralarim el xizmatida. Amir Temur ovulida oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq va boshqa millat vakillari bilan ahil-inoq yashayapmiz. Toʻyimiz, maʼrakamiz bir, xursandchiligimiz ham, tashvishimiz ham bir.

Mustaqillik yillarida bizning  ovulimiz qiyofasi ham oʻzgacha chiroy kasb etdi. Hovlilar obod, chor-atrofi koʻkalamzor. Deyarli har bir uyda Oʻzbekistonimizda ishlab chiqarilgan yangi rusumdagi mashinalar. Koʻcha eshigimizgayam qulf solmaymiz. Bu – tinchlik, osudalik, toʻqlik sharofati emasmi?

Hech mubolagʻasiz aytaman, bizning yurtimizday inson qadri yuksalgan yurt hech qayerda yoʻq, oʻzga millatga bagʻrini ochadigan, urf-odatlariga, qadriyatlariga hurmat bilan qaraydigan yurt hech qayerda yoʻq. Ilohim, urpoqlarimiz ham shu zaminda ahil, baxtiyor boʻlib yashashsin!

Butun tumanimiz ahlini mustaqilligimizning 25 yilligi bilan qutlayman!

Ozod OTAJONOV,

taʼlim faxriysi:

- Men bir umr taʼlim sohasida mehnat qildim. Dars berish jarayonida bolalarga bir qolipdagi, qotib qolgan mavzularni oʻrgatayotib, dilim oʻrtanardi. Vatan tuygʻusi nima, insonning insonligini belgilovchi xususiyatlar nima, ajdodlar tarixini oʻrganish zaruratini aytaolmasdik. Sobiq tuzum dasturi doirasidan tashqari gap aytish qattiq taʼqib qilinardi.

Bundan tashqari, oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish borasida hech qanday tadbir koʻrilmasdi. Bularning barchasi Oʻzbekistonning  ittifoqqa muteligini taʼminlashga xizmat qilardi.

Ota-bobolarimizning ilmiy, madaniy, maʼnaviy merosini oʻrganish, qanday buyuk insonlar vorislari ekanimizni butun dunyoga koʻz-koʻz qilish, ularga munosib boʻlish uchun oʻqib-oʻrganishga keng yoʻl ochgan istiqlolimiz mangu boʻlsin, deyman.

Tursunboy AHMEDOV, tadbirkor:

- Mening yoshim 75 da. Aslida bu yoshdagilar farzandlari, nevara-chevaralari ardogʻida, bemalol keksalik gashtini surib oʻtirishadi. Biroq mening keksalikka boʻyin egib, qoʻl qovushtirib oʻtirgim yoʻq. Umr boʻyi maishiy xizmat koʻrsatish sohasida ishladim. Istiqlol yillarida tadbirkor boʻlib, elga xizmat qilib kelayapman. Mamlakatimizda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga, faoliyati samarali boʻlishiga erishish borasidagi qilinayotgan gʻamxoʻrliklardan ruhlanib, jamiyat faoliyatini kengaytirdik. Oʻgʻil-qizlarim, nevaralarim ham ishli boʻldi. Hozir ularning har birining oʻz hovli-joyi, oʻzimizda ishlab chiqarilgan mashinalari bor, dasturxonlari toʻkin, ertagi kunidan koʻngli toʻq. Bir inson yaxshi kunlarni koʻrdim, desa degulik.

Yurtimizda kim ishlayman, toʻq va farovon yashayman, desa barcha eshiklar ochiq. Ana shunday kunlarga yetkazgan mustaqilligimizning 25 yilligi barchangizga muborak boʻlsin!

Maxsud OʻROZBOYeV,

mehnat faxriysi:

- Mustaqillik sharofatidan bizning Bobur nomli ovulimizda ham koʻpgina ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Xalqimiz turmushi obodon, yoʻllar ravon, aholiga maishiy, savdo, madaniy xizmat koʻrsatish tobora yaxshilanayapti. Aholi tomorqalarida yetilgan turli meva, poliz mahsulotlari, sab-zavotlar dasturxonini yana ham toʻkin qilayapti.

Eng muhimi, yurtimizda inson qadri ayniqsa, keksalar qadri juda yuksak. Bunday kunlarni necha yillar orzu qilgan edik, mustaqillik tufayli orzularimiz ushaldi. Ilohim istiqlolimiz bardavom boʻlsin!

Rajabboy TANGIRBERGANOV,

taʼlim faxriysi:

- Men bugungi kunimiz haqida oʻylasam, shu narsa yodimga keladi: Mangʻit shahrining turli burchagidagi, chekka-chekka qishloqlardagi zamonaviy uslubda qurilgan toʻyxonalarda  deyarli har kuni toʻy - nikoh toʻy, sunnat toʻy, yosh toʻy. Bu xalqimizning farovonligidan, baxtiyorligidan nishona emasmi? Oʻzingiz bir oʻylab koʻring, ertaga qanday qilib qornini toʻydirishni qaygʻurib yo biron korihol boʻlishidan choʻchib oʻtirgan odam toʻy qiladimi? Dunyoning  tahlikali hududlarida yashayotgan odamlar koʻngliga toʻyga borish, birovning xursandligiga sherik boʻlish sigʻarmikan?

Shularni teran oʻylab koʻrgan odam bugungi kunimizning qadri nechogʻlik yuksak ekanligini anglaydi.

Ha, ha, bu kunlarning qadriga yetmoq, avaylamoq har birimizning burchimiz.

Qurol Eshchonov,

mehnat faxriysi:

- Men yashayotgan "Bogʻ” mahallasi fuqarolari ham mustaqilligimizning 25 yilligini munosib  qarshi olishga intilishmoqda. Hovlilar, yoʻlaklar, yoʻllar atroflari obodonlashtirilib, mahallamiz oʻzgacha chiroy kasb etmoqda. Bu ishlarga barchaning birday bel bogʻlaganini koʻrib, istiqlol bayrami nafasi butun xalqimizga oʻzgacha quvonch, ezgu ishlarga qanot bagʻishlaganini anglash qiyin emas.

Biz keksalar yurtimizda tinchlik boʻlsin, kelgusi avlodlarimiz xotirjam va osoyishta yashasin, mamlakatimiz qudratli boʻlsin, hech bir yovuz kuchlar ostonasidan hatlay olmasin, deya kurashgan edik. Mana niyatimizga yetdik.

Yaqinlashib kelayotgan istiqlol bayrami barchangizga muborak boʻlsin!

 

Oygul RAJABOVA

suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026