21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:48
Salomatlik 👁 3,545

FARZANDIMGA SOFLIK ATO ETGAN SALOMATLIK POSBONLARI

FARZANDIMGA SOFLIK ATO ETGAN SALOMATLIK POSBONLARI

Ona uchun farzandi sogʻligidan ham ulugʻroq baxt yoʻq. Binoyiday oʻynab yurgan ikki yashar oʻgʻlim negadir  nooʻrin xarxasha qiladigan, uyqusida bosinqirab, tinmay yigʻlaydigan odat chiqardi. Shunchaki bolalik injiqligi  boʻlsa kerak, deb eʼtibor qilmadim. Lekin negadir ozib ketayotganini sezdim. Bir kuni issigʻi koʻtarilib, hech narsa yemay qoʻydi. Uni  "Madaniyat” QVP bolalar shifokori Habiba Nurimovaga koʻrsatdim. U oʻgʻlimni koʻrikdan oʻtkazib, boshlangʻich tibbiy yordam koʻrsatdi va bolani zudlik bilan jarroh shifokor koʻrigiga olib borishimni tayinladi.

TTB huzuridagi 1-jarrohlik boʻlimi mudiri Baxtiyor aka Yavidov va davolovchi shifokori Komiljon  aka Omonov oʻgʻlimni tekshiruvdan oʻtkazgach, shamollash oqibatida bolamning tanasida shish paydo boʻlganini, tezlik bilan  jarrohlik amaliyoti olib borish zarurligini aytishdi va shu kuniyoq muolajani boshladi. Shu yilning 25-iyun kuni  oʻgʻlim Yunusbek Rajabboyevning rivojlanishiga xalaqit berayotgan dard jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi. Oʻgʻlimga jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan davolovchi jarroh Komiljon aka Omonov bir hafta davomida Yunusbekning sogʻayib, oyoqqa turib ketishida fidoyilik koʻrsatdi. Hatto shifoxonada  ish vaqti tugagan, navbatchi boʻlmagan paytlarida ham oʻgʻlimning boshida parvona boʻldi. Jarrohlik boʻlimi mudiri Baxtiyor Yavidov, jarrohlik xonasi hamshirasi Nigora Yerdosheva, katta hamshira Rozajon Karimova, muolaja hamshiralari Chamangul Oʻrozoqova, Muhabbat Eshniyozova, Orzigul Bobojonova, Nasibaxon Rahimova, Shoira Jumaniyozovalarning oʻz vaqtida koʻrsatgan tibbiy xizmatlari natijasida oʻgʻlim Yunusbek hech narsa koʻrmaganday, sogʻayib, oilamiz bagʻriga qaytdi.

Men TTB huzuridagi 1-jarrohlik boʻlimi mudiri Baxtiyor Yavidov, malakali jarroh Komiljon Omonovdan bir umr minnatdorman. Chunki ular oilamizga xotirjamlik, farzand quvonchi va salomatlik baxtini ato etishdi. Ilohim, qoʻllaringiz aslo dard koʻrmasin, salomatlik posbonlari!

Har soʻzi misoli moʻmiyo - malham,

Dildan gʻubor ketar u soʻzlagan dam.

Dardingiz olmoqqa tayyor Baxtiyor,

Bir-biridan suluv hamshiralar ham.

 

Qoʻli yengil jarroh Komiljon aka,

Dard bilan olishar yakkama-yakka.

Elga sogʻlik degan baxtni ulashib,

Mehr uygʻotadi har bir yurakda!

 

Samimiy ehtirom bilan Risolat Ibrohimova, "Choykoʻl” ovuli, "Doʻstlik” mahallasi.

(Foto - http://navoiy.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026