LOQAYDLIKKA ÇEK QÖYaYLIK
Qadimdan ota-bobolarimiz milliy urf-odatlarimizni, madaniyatimizni juda yuqori darajada qadrlab kelişgan. Ammo bugunga kelib şarq xalqlarining Ğarb davlatlaridan farqini topiş qiyinlaşib ketmoqda. Bunga ayniqsa yoşlarni misol qilib olsak, mubolağa bölmaydi. Çunki baʼzi yoşlarimiz maʼnaviyat nima, madaniyat nima ekanligini unutib qöyişgan. Milliy qadriyatlarimizni hurmat qilib, qadrlayotgan yoşlarimiz ham bor, albatta. Ammo ular orasida befarq yoşlar borligi açinarli hol.
Hozirgi globallaşuv jarayonida ommaviy madaniyatni tarğib etuvçi internet saytlari milliy qadriyat va anʼanalarimizni unutgan yoşlarning vaqtini ötkazişi uçun möljallangan dasturlar bilan tölib-toşgan. Internetdan töğri foydalanayotgan bilimli, tafakkuri yuksak yoşlarimiz ham talaygina.
Barça narsalarning ikki tomonibölganidek, internetning ham ijobiyva salbiy taraflaribor. Befarq, heç narsaga soğlomfikr bilan qaramaydigan yoşlarimizni nimadeyişimiz mumkin? Ularni inson deya olamizmi özi?
Milliy urf-odat, qadriyatlarimiz zamirida qança maʼno-mazmun mujassam. Birgina salomlaşib, söraşişimiz bizning qanday insonligimizni körsatib beradi. Yuriş-turişimiz, muomalamiz, xulqimiz kimlarning izdoşlari ekanligimizni körsatadi. Bugungi kunga kelib baʼzi yoşlar odob-axloq nima, madaniyat nima ekanligini ğarb davlatlaridan örganişmoqda. Axir bu bizning maʼnaviyatimizga xos narsa emas. Axir biz Alpomiş va Barçinoylar avlodimiz.
Bilimli, uddaburon yoşlarimiz esa har bir işga masʼuliyat bilan yondoşib, köplab yutuqlarga erişmoqda. Bizlar ham şunday yoşlar safiga kirib, ulardan örnak olib, bor kuç-ğayratimizni namoyon qilişni öz oldimizga maqsad qilib qöymoğimiz kerak. Öziga işongan, soğlom fikrli yoşlar safi kengayar ekan, axloqsiz, bilimsiz yoşlar safi qisqarişi tayin. Bunga esa kuçli iroda va işonç zarur. Bular esa bizlarda mujassam. Aziz tengdoşlar, loqaydlikka çek qöyiş vaqti keldi. Hammamiz hamjihat bölib, öz Vatanimiz oldidagi burçimizni halol yöl bilan bajarişimiz şart.
Nafosat TURSUNBOYeVA,
Oybek nomli mahalla.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶