“KAMOLOT”NING NAVBATDAGI KONFERENTsIYaSI
18-iyun kuni "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşining navbatdagiVII Konferentsiyasi ötkazildi.
Konferentsiyaga 120 nafar delegat qatnaşdi. Konferentsiya avvalida "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşining amaldagi raisi, delegat Mansur Örozboyev Harakatning ötgan yillar mobaynidagi faoliyati xususida hisobot berdi.
Hisobot yuzasidan sözga çiqqanlar "Kamolot”ning yoşlar orasida nufuzi yuksalib borayotganini, Harakatning tuman Kengaşi tomonidan ötgan yillar davomida yoşlarni vatanparvarlik ruhida kamolga yetkaziş, ularni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalaş böyiça qator amaliy işlar qilinganini eʼtirof etdilar.
Söngra, "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Ustaviga köra yangi muddatga tuman Kengaşi Nazorat-taftiş komissiyasi saylandi hamda 21 kişidan iborat Harakatning tuman Kengaşi tarkibi tasdiqlandi.
"Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining Nizomiga asosan yangi saylangan tuman Kengaşi aʼzolari içidan Kengaş raisini saylaş masalasi körib çiqildi. Kengaş raisligiga amalda "Kamolot”ning tuman Kengaşi raisi lavozimida işlab kelayotgan Mansur Örozboyev yangi muddatga qayta saylandi.
Konferentsiyada şuningdek, "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşining navbatdagi VII Konferentsiyasiga tumandan 11 nafar delegatlar saylandi.
Konferentsiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi B.Yangiboyev iştirok etdi va nutq sözladi.
Konferentsiyada körilgan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
(Öz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶