15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 00:47
Jamiyat 👁 3,169

OʻZGA YuRTDAN BAXT IZLAMANG!

OʻZGA YuRTDAN BAXT IZLAMANG!

XXI asrda davlatlararo aloqalarning, transport-kommunikatsiya sohasining rivojlanishi bir davlatdan boshqa davlatga sayyohlar va migrantlar oqimining koʻpayishiga olib keldi. Ayniqsa, u davlatdan bu davlatga borib ishlash, chet mamlakatlarda daromad topish oddiy holga aylandi. Albatta, bu jarayon xalqaro shartnomalar, davlatlararo kelishuvlar asosida tartibga solinadi. Lekin, qonuniy asoslarni chetlab oʻtgan holda yashirin yoʻllar bilan chet davlatda moʻmay daromad topishni niyat qilib, oqibatda esa manfur kimsalarga aldanib, odam savdosining qurboniga aylanish hollari ham, afsuski, koʻplab uchramoqda.

Avvalo, aytish kerakki, odam savdosi – bu kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish harakatidir. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka oʻxshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olishni anglatadi.

Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida davlatimiz BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konventsiyalarga  qoʻshildi hamda odam savdosining oldini olish, unga chek qoʻyish va buning uchun jazolash toʻgʻrisidagi qoʻshimcha hujjatlar imzolandi.

Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida milliy qonunchiligimizda ham qator huquqiy asoslar yaratildi. 2008-yilning 17-aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning hamda 2008-yilning 8 iyulida "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilinishi bilan odam savdosiga qarshi kurashish ishlari yanada samarali amalga oshirilmoqda.

"Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan mazkur jinoyatga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Idoralararo komissiyalari tuzildi. Idoralararo komissiyaning asosiy vazifasi – davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, odam savdosining koʻlami, holati va xususiyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash hamda tahlil qilish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish ishlarini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash, bu boradagi ishlar haqida aholini xabardor qilishdan iborat.

Tuman hokimligi huzuridagi komissiya tomonidan ham shu yoʻnalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim muassasalarida odam savdosi illatlarining mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va maʼnaviyatimizga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri haqida "Odam  savdosi – davr muammosi” targʻibot loyihasi amalga oshirilib, tashkilot, idora va muassasalarning mehnat jamoalarida "Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyati” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Mahallalarda "Oilalarga kirish”, "Salomatlik” hamda "Jinoyatchilik profilaktikasi” sektorlari faoliyati doirasida odam savdosining oldini olish va uning ayanchli oqibatlari haqida aholi savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga minglab aholi qamrab olinmoqda.

Shu kungacha ushbu jinoyatdan zarar koʻrgan 9 nafar yurtdoshimiz odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markaziga yuborildi.

Aholi bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari, odam savdosidek mudhish jinoyatning ayanchli yakuni xususida tushunchalar berilmoqda. Darhaqiqat, oʻzga yurtda moʻmay daromad topib, tez boyib ketishni orzu qilgan holda yoʻlga otlangan, masalaning qonuniy tomonlarini unutib, fuqarolik pasportini notanish odamlarning qoʻliga tutqazib, bu qilmishi orqali qullikka rozi boʻlayotgan odamning holatini qanday izohlash mumkin? Axir, oʻzga yurtda ishlashning ham qonun-qoidasi bor, daromad topgan joyga soliq ham toʻlanishi kerak. Shundagina fuqaro begona mamlakat himoyasida boʻladi. Aksincha boʻlsa, oʻzlarini hojatbaror koʻrsatib, aslida noqonuniy mehnat migrantlarining hisobidan daromad oladigan, kerak boʻlsa, ularni arzimas pul evaziga sotib yuboradigan "tadbirkorlar” qarmogʻiga ilinadi.

Afsuski, bugungi kunda bu kabi ayanchli taqdirga koʻpchilik fuqarolar giriftor boʻlmoqda. Chet ellarda bir necha yil mehnat qilib, mehnatining evaziga bir burda nonga yetgulik "ish haqi” olayotgan, nochor sanitariya holatidagi tashlandiq kulbalarda yashab, ogʻir mehnat qilayotgan, oʻz oilasi bagʻriga qayta olmay, sarson-sargardon yurganlar qancha... Eng achinarlisi, oila boshligʻi yoki xonadonning bekasi, baʼzi hollarda ikkalasi baravariga chet elga ish izlab ketsa-yu, qarindoshlar yoki qoʻshnilarga tashlab ketilgan farzandlari ota-ona mehridan bebahra oʻsib, koʻnglida kemtik bilan voyaga yetsa, buning badalini kim toʻlaydi? Farzandlarning koʻnglidagi kemtikni pul bilan toʻldirish mumkinmi? Ota-ona mehridan mosuvo oʻsgan farzand ertaga oʻz oilasiga, mahallasiga, Vataniga mehrli boʻladi, deb kim kafolat bera oladi?

Albatta, Konstitutsiyamizga asosan har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Fuqarolarning ana shu Konstitutsiyaviy huquqlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish maqsadida har yili yurtimizda salkam bir millionta yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Tadbirkorlikka keng yoʻl berilib, hududlarda yangi-yangi korxonalar, ishlab chiqarish, servis va savdo shoxobchalari faoliyat boshlamoqda. Ulardamillionlabyurtdoshlarimizish bilan band boʻlib, oʻzlariningjismoniyva intellektual salohiyatini ishga solib, daromadolmoqdalar.Ammo,ana shunday sharoit vaimkoniyatlardanfoydalanmay,chet eldagi "oson ish vamoʻmay daromadni xayolqilib safarga otlanishga chogʻlanayotganyurtdoshlarimizgaqaratashundaydegimizkeladi:Xalqimiz"oʻzga yurtni qilma orzu, oʻzgayurtda ham bortosh-u tarozudebbejiz aytmagan. Oilangizni, bolalaringizni tashlab, olis yurtdan boylik izlaguncha, oʻz kuch-qudratingizni, bilim va salohiyatingizni ona yurtimiz istiqboli yoʻlida safarbar qiling! Yaxshi pul topish, boyib ketish ilinjida boʻysunmas nafsga berilish yaxshilik bilan tugamaydi. Oʻz uyi-oʻlan toʻshagida, oilasi bagʻrida yashab, atrofidagilarga, Vataniga naf keltirish inson uchun eng katta baxt ekanini unutmaylik!

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto http://darakchi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019