14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,046

Gʻallakorlarimiz yuksak xirmon yaratdi

Gʻallakorlarimiz yuksak xirmon yaratdi

Tumanimiz gʻallakorlari 3000 gektar gʻalla maydonidan rejadagi 5530 tonna oʻrniga 7500 tonna gʻalla topshirib, yillik shartnomaviy rejalarini Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib bajardilar.

Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki yillardanoq, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish koʻlamini oshirish, gʻalla mustaqilligiga erishish kun tartibiga dolzarb masala sifatida qoʻyildi. Natijada ekin maydonlariga yoppasiga paxta ekishdek notoʻgʻri anʼanaga barham berilib, ekishga yaroqli yerlarning katta qismi qishloq aholisiga ajratib berildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar, qishloqda yangi mulkdorlar sinfi – fermerlarning paydo boʻlishi, fermerlik harakatiga katta imtiyozlar berilishi, eng asosiysi, odamlarimizda yerga egalik hissi shakllanishi natidasida bugun mamlakatimiz nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan oʻzini oʻzi taʼminlamoqda, balki xorij davlatlariga eksport qilmoqda.

Darhaqiqat, istiqlol sababli biz erishgan eng katta yutuqlardan biri – gʻalla mustaqilligiga erishganimizdir. Bir paytlar "faqat paxta ekishdan boshqa narsaga yaramaydi” deb qaralgan yerlarimiz bugun moʻl "qirmizi don” yetkazib beruvchi saxiy xazinaga aylandi. Boy hayotiy tajribaga ega dehqonlarimiz esa zamonaviy ilm-fan va selektsiya yutuqlari hamda mutaxassislarning maslahatlariga tayangan holda yerdan dur undirmoqdalar. Ularning fidoyi mehnatlari natijasida bu yil ham tumanimizda Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib davlatga gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy reja ortigʻi bilan bajarildi.

Erta bahorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2016-yil xosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash uchun tumanda 2016-yil xosili uchun 311 ta fermer xoʻjaliklarida 681 ta konturda jami 3000 gektarmaydonda gʻalla ekilib, dalalarda toʻliq nihol olindi.

Kuzgi boshoqli don ekinlaridan kafolatli – 45-50 tsentnerdan hosil olish maqsadida joriy yilning 15 apreldan 15-mayigacha «Zarbdor bir oylik» eʼlon qilindi va gʻalla parvarishida bajarilishi kerak boʻlgan tadbirlar belgilab olindi. Gʻalla maydonlarining fitosanitariya holati boʻyicha kuzatuv ishlarini olib borish, biolaboratoriyalar va fermer xoʻjaliklari ishchilari bilan birgalikda biomahsulotlarni tarqatish uchun fermer xoʻjaliklari tomonidan har 100-150 gektar maydoniga bir nafardan jami 32 nafar dala nazoratchilari, har 1000 gektarga bir nafardan 3 ta xududiy agronom-entomologlar masʼul qilib biriktirildi.

Gʻallaning oʻsish davrida zararkunandalarning tarqalmasligining barcha choralari koʻrildi. Shu maqsadda bir gektar maydonga 1000 dona hisobidan dalalarga "oltinkoʻz” biomahsulotlari yuborildi.

Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirish ishlari agrotexnika qoidalarga muvofiq olib borilib dastlabki oziqlantirish ishlari bugʻdoyni ekish bilan barobar oʻtkazildi. Keyin yana oʻz muddatlarida maʼdanli va mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirib borildi va sugʻorib turildi. Natijada bu yil ham kuzgi bugʻdoydan koʻzni quvontirguday hosil yetishtirildi va iyun oyining boshidan boshlab bugʻdoy oʻrim-yigʻim ishlariga kirishildi. Eng avvalo bugʻdoyzorlar oʻrim-yigʻimga tayyorlandi. Bugʻdoyzorlar va uning chekkalari yovvoyi oʻtlardan tozalandi, otiz chellari yiqib tekislandi. Bu esa oʻrim-yigʻim kombaynlarining unumli ishlashiga qulaylik yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-maydagi "Kuzgi boshoqli don ekinlarini oʻrib yigʻib olishning tashkiliy chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimning qarori qabul qilindi va chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Oʻrim-yigʻim ishlarining muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlash maqsadida 6 ta oʻrim-yigʻim otryadlari tuzildi va bu otryadlarga 18 ta mehnat unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy "Klass” – Dominator va "Klass” – Mega kombaynlari biriktirildi. Kombayn haydovchilarining unumli ishlashlari uchun dala boshida barcha qulayliklar yaratib berildi. Oʻrim-yigʻim ishlari konveyer usulida tashkil etildi, yaʼni, dala-kombayn-transport va don qabul qilish maskaniga koʻzlarni yashnatuvchi aʼlo navli "Qirmizi don”lar uzuliksiz ravishda kecha-yu kunduz tashib keltirildi.

Tumanda 2016-yil xosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida oʻrim yigʻim mavsumi uchun tuzilgan otryadlarga tuman hokimligi va ichki ishlar boʻlimi xodimlaridan maʼsullar biriktirildi. Bundan tashqari, gʻalla oʻrim yigʻim ishlarida 6 nafar bank xodimlari, 32 nafar kombayinchilar, yana shuncha kollej talabalari, 40 ta yuk avtomashinachilar, 54 ta transport traktorchilari qatnashdi. Bu otryadlarga 108 ta tirkamalar va dala boshida texnik nosozliklarni taʼmirlash uchun 6 ta koʻchma taʼmirlash ustaxonalari tomonidan texnik xizmat koʻrsatib borildi.

"Taxiatosh-don mahsulotlari” hissadorlik jamiyati "Mangʻit-don” filialiga qarashli Qipchoq don qabul qilish maskanida tashib keltirilgan gʻalla hosilini betoʻxtov qabul qilish va tegishli oʻrinlarga toʻkib quritish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi. Gʻallachilik bilan shugʻullangan mavjud 311 fermer xoʻjaliklarining har biriga bugʻdoy hosilining laboratoriya-tahliliy sifat koʻrsatkichlari belgilab borildi. Bu esa omborlarga topshirilgan bugʻdoy va undan olinadigan un mahsulotlarining sifatli boʻlishiga zamin yaratadi.

Joriy yilgi oʻrim-yigʻim mavsumida "Namuna” mahallasi, Bobur nomli ovul hamda Doʻrman, Amir Temur nomli va Qilichboy ovullaridagi fermer xoʻjaliklari jonbozlik koʻrsatib, birinchilar qatori shartnomaviy rejalarini bajardilar.

"Oʻrta qalʼa” ovulidagi "Gurlan yoʻli” va "Ram Haytimbat”, "Qilichboy” ovulidagi "Yoqubboy Ashirov”, "Boʻz yop” ovulidagi "Toʻlqin–Temur” fermer xoʻjaliklari esa yuqori hosildorikka erishib, ulkan xirmonga munosib hissa qoʻshdilar. Tuman boʻyicha yalpi hosildorlik 45 tsentnerga yetdi. Eng muhimi, yetishtirilgan hosilning davlat buyurtmasidan ortib qolgan 6 ming tonnadan koʻproq qismi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldi.

Ayni kunlarda esa gʻallani oʻrib yigʻib olish, gʻalla yetishtirilgan maydonlarni somondan tozalash va boʻshagan maydonlarni peshma pesh shudgorlab, zarur hollarda takroriy ekinlar ekish ishlari ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Gʻallakorlarimizning fidoyi mehnatlari evaziga yetishtirilib, davlat xazinasiga topshirilgan 7500 tonnadan ortiq, sh jumladan 810 tonna urugʻlik don va 6690 tonnadan ortiq tovar don mahsulotlari kelgusida dasturxonlarimiz toʻkinligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, mehnatdagi bu ulkan gʻalabasini mamlakatimiz mustaqilligining 25-yillik bayramiga munosib tuhfa qilgan tumanimiz gʻallakorlariga "Hamisha halol mehnatingizning rohatini koʻring!” deya tilak bildiramiz.

Anvar YOʻLDOShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019