TABIAT – ONAMIZ
Hayotni yorqin nurlarga belaguvchi musavvir – bu ona tabiatdir. Tabiatning koʻrkamligini saqlash va avaylash har birimizning burchimizdir. Chunki atrofimizni oʻrab turgan ona tabiat tufayligina biz bugungi kundagi yutuqlarga erishib turibmiz. Ona zaminga berilgan ozgina mehr evaziga qornimiz toʻq, egnimiz but. Lekin baʼzi befarq kimsalar begʻubor, sharqiroq soy-u anhorlarimizga axlat tashlab bulgʻashadi. Bu ishi bilan faqatgina oʻzining hayotini emas, balki butun xalqning halol nasibasini kamaytirib, sogʻligini yemirayotganlarini oʻylab ham koʻrishmaydi. Axir tabiat shunday ifloslanishda davom etsa, bir kunmas bir kun insoniyatdan qasos olmaydimi? Hamma narsaning ham yakuni bor. Ota-bobolarimiz aytganidek, har ishning ham javobi bor. Shu bois keksalar bir terak kesib, uning oʻrniga oʻnta terak ekish darkor, deyishadi. Ona tabiatimizni qanchalik toza saqlasak, uni boyitsak, oʻzimiz ham shunchalik boy va sogʻlom boʻlamiz.
Goʻzal OTAJONOVA.
(Foto - http://slayd.arxiv.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶