AHOLINING SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIGI – OʻTA MUHIM
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi shifokorlari uchun jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda dasturilamal vazifasini oʻtamoqda.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi - aholi sogʻligi holati boʻlib, bunda insonning salomatligiga, yashash sharoitiga yashash muhiti omillarining salbiy taʼsiri mavjud boʻlmaydi va hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlanadi. Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining va tarqalishining oldini olish, profilaktik emlash ishlari, shuningdek, kasb faoliyatiga oid kasalliklarning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda. Kasalliklar tarqalish doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida epidemik koʻrsatgichlar boʻyicha dezinfektsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlari doirasida sanitariya-gigiyena talablariga izchil amal etilishini taʼminlash va hududlarda epidemiyaga qarshi tadbirlarning amalga oshirilishi aholining sanitariya-epidemilogik osoyishtaligini yaxshilash imkonini bermoqda.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilashda xalq orasida olib borilayotgan tushuntirish - targʻibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hammadan birdek hushyorlik va faollikni talab qiladi. Shuning uchun sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash jarayonida DSENM xodimlari bilan birgalikda mahalla oqsoqollari, mahalla faollari, korxona va tashkilot rahbarlari, tegishli muassasalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikdagi profilaktika tadbiplarining oʻrni gʻoyat muhim. Sababi, hamjihatlikda olib borilgan har qanday ishning samarasi yuqori boʻladi.
Nigora EShIMOVA, tuman DSENM bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlimi mudirasi.
(Foto: http://tabiatvahayot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶