OʻRGANIB, OʻRGATAYLIK
Joriy yilning fevral oyida tuman XTMFMTTEB tomonidan kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarimizning taʼlim olishi va ularga taʼlim berish sifatini yanada yaxshilash borasida barcha taʼlim muassasalari oʻrtasida belgilangan jadval asosida "Oʻrgan-oʻrgat” tadbirini amalga oshirish rejasi ishlab chiqilgan edi. Ushbu chora-tadbir rejasiga koʻra har bir umumtaʼlim maktabi qoʻshma buyruq asosida tajriba almashish, bilmaganini oʻrganish, bilganlarini oʻrgatish ishlarini amalga oshirmoqda. Chunonchi, 2-sonli va 21-sonli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining dars oʻtish va dars tahlil qilish ishlarini belgilangan jadval asosida olib borayotganliklari bois, ularning bu ishini ota-onalar ham qoʻllab-quvvatlamoqdalar.
Har bir oʻqituvchining oʻzga maktabda dars oʻtib, dars tahlil qilib kelishi shu maktabdan olgan taassurotlarini, oʻrgatgan va oʻrganib kelganlarini butun jamoa orasida tahlil qilishi koʻzlangan natijalarni bermoqda. Qoʻshma buyruq asosida bizga biriktirilgan 2-sonli maktab oʻqituvchilariga dars oʻtishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berdik. Bu tadbir har bir oʻqituvchining oʻzini koʻrsatishi, kasb mahoratini oshirishi uchun eng qulay imkoniyatdir. Shu tadbirda faol qatnashib kelayotgan oʻqituvchilarimiz talaygina. Lekin dars oʻtish uslublari eskirgan, haligacha "uyqudan uygʻonmagan” oʻqituvchilar ham borligi sir emas.
Men shu fursatdan foydalanib barcha hamkasblarimga "Oʻrgan-oʻrgat” tadbirini muvaffaqiyatli amalga oshirishda kuch-quvvat tilab, sifatli taʼlim beradigan, hamisha uygʻoq boʻladigan zamon keldi, biz oʻqituvchilar Oʻzbekistonday kelajagi buyuk davlat ravnaqi va ertangi kuni uchun masʼul ekanligimizni unutmaylik, degim keladi.
Aziz hamkasblar!
Mustaqil bu koʻrkam zamonda,
Avvalgidek yurishni qoʻying.
Kunim oʻtsa boʻldi-ku deya,
Oylik uchun yashashni qoʻying.
"Eski hammom hamda eski tos”, -
Degan soʻzlar orqada qolsin.
Yashang Siz ham zamonaga mos,
Avvalgidek yurishni qoʻying.
T.DOSChANOV, 21-sonli maktab direktori.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶