17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:25
Jamiyat 👁 2,265

JANGLARDA TOBLANIB, MEHNATDA ChINIQQAN BOBO

JANGLARDA  TOBLANIB, MEHNATDA  ChINIQQAN  BOBO

XIX asrning 60-yillarida dunyoga kelgan Abdurahmon maxsum tadbirkor inson boʻlganligidan oʻz mehnati orqasidan oilasini toʻq, farzandlarini mehnatsevar va bilimdon qilib tarbiyalay olgan, el ichra hurmatli inson boʻlganlar.

Xalqini yurakdan ardoqlab, yaxshi koʻradigan Abdurahmon maxsumning abjir  oʻgʻli Oʻrozboy "murt” (uni Mangʻit elatida barcha shunday atardi) ham ota-bobolari singari butun ongli hayotini aziz Vatani, xalqi baxt-saodati yoʻlidagi fidoyi mehnat onlariga baxsh etib yashadi.

Oʻtgan asrning boshida, 1912-yilda dunyoga kelgan Oʻrozboy Abdurahmon maxsum oʻgʻli insoniyat boshiga xavf solgan Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlaridanoq koʻngillilar safida jangga kirdi.

Oʻrozboy 1941-1945-yillarda sobiq ittifoq qoʻshinlari safida fashizmga qarshi ayovsiz janglarda ishtirok etdi. Rossiya qishining 30-40 darajali sovuqlarida beligacha qor kechib, qon kechib, minglab chaqirim yoʻllarni  yayov bosib, dushmanni to Berlin ostonasigacha quvib bordi. Urush tufayli xarobazorga aylangan shahar va qishloqlarni fashizm asoratidan  qutqarishdek qaqshatqich janglarda ishtirok etdi. Hatto shunday janglarning birida dushman qoʻliga asir tushib, azob-uqubatlar chekdi. Italyan partizanlari safiga qoʻshilib, yana qaytadan fashizmga qarshi jangga kirdi.

Oʻrozboy Abdurahmonov janglardagi jasoratlari uchun sobiq ittifoq Oliy Bosh qoʻmondoni tomonidan bir necha jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Jasur jangchi gʻalabadan soʻng ona Vataniga qaytgach, oʻz bilimini oshirish uchun intildi. Qishloq xoʻjalik texnikumida hosilot (agronom) mutaxassisligi boʻyicha tahsil oldi. U dastlab Qipchoq tumanidagi kolxozlardan biriga rais, keyinchalik MTSda agronom, Qipchoq tuman qishloq xoʻjalik boʻlimida katta agronom, 5-ovul Kengashida rais lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1953-1954-yillarda  u Mangʻit paxta tozalash zavodi tajriba xoʻjaligida hosilot (agronom) vazifasida xizmat qildi. 1954-1962-yillarda tuman goʻsht mahsulotlari tayyorlash idorasi tasarrufidagi ferma mudiri sifatida sidqidildan xalqqa xizmat qildi. 1962-yilda Oʻrozboy Abdurahmonovning shaxsiy tashabbusi bilan Mangʻit shahri markazida poliz va sabzavot mahsulotlari bilan savdo qiluvchi ilk doʻkon-market tashkil etildi. Bu doʻkon-market shaharliklarga juda katta qulayliklar yaratdi.

Azizlar, inson – aziz, uning xotirasi – muqaddas. Tirikligidagi ezgu amallari bilan xalq dilida nomi ulugʻlanib kelayotgan insonlarni yodga olish, ularning yaxshiliklarini eslash, dilimizda minnatdorlik tuygʻulari ila ruhi-poklariga tilovatlar qilish – biz tiriklarning burchimizdir. Amu elimizning  bugungi baxtiyor kunlari uchun fidoyilik qilib yashagan insonlardan biri Oʻrozboy bobo Abdurahmonovning  xotirasi ham har birimiz uchun azizdir.

                                                           Robiya YOʻLDOShEVA.

                                                                                                                (Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026