EKSKURSIYa TAASSUROTLARI
Biz 38-sonli maktabning 8-sinfida oʻqiymiz. Biz geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlariga qiziqamiz va sevib oʻqiymiz. Bizga ushbu fanlardan Xolbika opa Durdiyeva saboq beradi va oʻz mehrini bizdan ayamaydi.
Biz yaqinda geografiya fanidan "Ishlab chiqarishga ekskursiya” mavzusida oʻz bilimlarimizni yanada oshirish maqsadida Amudaryo gʻisht ishlab chiqarish zavodiga sayohatga bordik. Biz u yerda gʻisht ishlab chiqarish bosqichlarini kuzatdik, gʻisht ishlab chiqarishda qoʻl mehnatining hissasi katta ekanligini koʻrdik. Zavodda ishlash uchun ishchilar 18 yoshga toʻlgan va sogʻlom boʻlishi kerak ekanligini bilib oldik. Chunki, ishchilar baquvvat boʻlsa, ish ham soz boʻlar ekan-da. Gʻishtlar 5 kun davomida yuqori haroratda pishirilar ekan. Pishgan gʻishtlar 3 kun damda bugʻlanib turar ekan. Tayyor gʻishtlar kerakli manzilga yetkazib beriladi va qurilishda ishlatiladi.
Bizga ushbu olgan bilimlarimiz hali hayotda asqotishiga ishonamiz.
Sardor SAIDMAHMUDOV,
38-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶