ZULFIYaXONIM IZDOŞLARI
Şu yilning 22-fevral kuni tuman XTMFMTTEB va "Barkamol avlod” bolalar markazi hamkorligida Özbekiston xalq şoirasi Zulfiya tavalludining 101 yilligi munosabati bilan "Zulfiyaxonim izdoşlari” nomli ijodkor qizlar tanlovi ötkazildi.
Tanlovda tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablaridan ijodkor qizlar qatnaşdilar. Tanlovning asosiy maqsadi ijodkor qizlarni maʼnaviy-ruhiy, huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, ularning aqliy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, kasbga yönaltiriş va hayotda öz örnini topişlariga yordamlaşiş orqali jamiyatdagi mavqeini oşiriş hamda yoş ijodkor qizlarning ijodiy işlari taʼsirçanligini kötariş va ularning ijodini rağbatlantirişdan iboratdir.
Nazm, nasr va publitsistika yönalişlari böyiça 147 nafar ijodkor qizlar iştirok etgan tanlov "Tayançimsan, suyançimsan, faxr-u iftixorimsan muqaddas Vatan!” şiori ostida juda maroqli ötdi.
Tanlovda iştirok qilgan yoş ijodkorlar bir-birlarining ijodlari bilan tanişib, özaro döstlaşdilar. Nazm va nasr, publitsistika yönalişlari böyiça adabiy suhbatlar qilişib, Zulfiya ijodidan namunalar öqidilar.
Zulfiya OLLAYoROVA.
(Foto - http://www.adolatgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶