KEKSALAR – XONADONIMIZ FAYZI
Qarisi bor uyning fayzi boʻlakcha boʻladi. Ular duoga qoʻl ochib yaratgandan el-yurtimizga tinchlik va omonlik, farovonlik va ravnaq soʻraydi. Mana shunday hayotiy, hikmatga toʻla gaplarni takrorlashdan charchamaydigan qariyalarimiz, xonadonimizning fayzi va barakasi, desak har tomonlama toʻgʻri boʻladi. Bugungi tinch va obod hayotimizni barpo etishda xizmat qilgan nuroniy otaxonlarimizni tez-tez yodga olib, ulardan xabar olib turishimiz kerak. Bugungiday farovon kunlarga yetishishimizda ota-bobolarimizning hissalari juda kattadir.
Shu maqsadda biz yoshlar ham yoshi ulugʻ nuroniy otaxonlar va urush qatnashchilarini tez-tez yodga olib turamiz. Bizning Qilichboy OFYga qarashli "Xizr eli” mahallamizda ham ikki nafar urush qatnashchisi bor. Biz ulardan tez-tez xabar olib turamiz. Ular bilan uzoq suhbat qurib, nasihat va duolar olamiz. Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchimanki, biz ota-onalarimiz bilan birga boʻlishga koʻproq vaqt ajratishimiz kerak. Hammamiz yaxshi bilamiz, xalqimizning oʻziga xos betakror odatlari borki, u kattalarga hurmat, kichiklarga izzat koʻrsatish kabi bizning qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlardir.
Gʻarb mamlakatlarida bola ozgina oyoqqa turib, oʻz ishlarini yoʻlga qoʻyib olsa boʻldi, u darrov ota-onadan alohida boʻlib, oʻz bilganicha yashashga harakat qiladi. Bizda esa farzand ota-ona bilan qancha koʻp yashasa, ularning duosini qancha koʻp olsa, shuncha oʻzini baxtli, deb hisoblaydi. Chunki, ular bizning baxtli, saodatli boʻlishimiz uchun intiladilar.
Dilmurod MATKARIMOV,
Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶