Savol bering, javob qaytaramiz
Savol: Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariga nimalar kiradi?
Javob: Özbekiston Respublikasi Oila kodeksi 23-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol mulklari, şuningdek nikoh qayd etilguniga qadar, bölajak er-xotinning umumiy mablağlari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh şartnomasida boşqaça hol körsatilmagan bölsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tamonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, şuningdek maxsus maqsadga möljallanmagan boşqa pul tölovlari (moddiy yordam summasi, mayib böliş yoki salomatligiga boşqaça zarar yetkaziş oqibatida mehnat qobiliyatini yöqotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplaş tarzida tölangan summalar va boşqalar) kiradi.
Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan köçar va köçmas aşyolar, qimmatli qoğozlari, paylari, omonatlari kredit muassasalariga yoki boşqa tijorat taşkilotlariga kiritilgan kapitaldagi uluşlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boşqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylaştirilgan yohud pul mablağlari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bölişidan qatʼiy nazar ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Er va xotinning biri uy-rözğor işlarini yuritiş, bolalarni parvariş qiliş bilan band bölgan yoki boşqa uzrli sabablariga köra mustaqil iş haqi va boşqa daromadlarga ega bölmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega böladi.
Fermer xöjaligi va dehqon xöjaligi aʼzolarining birgalikdagi mulki bölgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qiliş, foydalaniş va tasarruf etiş huquqlari fermer xöjaligi va dehqon höjaligi töğrisidagi qonunlarda belgilanadi. Fermer xöjaligi va dehqon xöjaligining mol-mulkini böliş 223- va 225-moddalarda nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oşiriladi.
Savolga tuman FHDYo bölimi mudirasi
Sanobar XOlbOyeva javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶