17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:24
Jamiyat 👁 4,111

TINChLIK UChUN KURAShGAN BOBO

TINChLIK UChUN KURAShGAN BOBO

Men yaqinda oynai jahon orqali Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmni tomosha qildim. Kinofilmdagi urush manzaralarini koʻrib, juda taʼsirlandim. Chunki, Ikkinchi jahon urushida qahramonlarcha jang qilgan minglab oʻzbek oʻgʻlonlari har gal alangai-otash boʻlib turgan qirgʻinbarot jang maydoniga kirganlarida:

- Ona Vatan uchun, olgʻa! Xalqlar tinchligi, baxt-saodati uchun olgʻa! Fashizmga oʻlim, erkparvar xalqlarga omonlik! – deya bor ovozlari bilan hayqirishib, shijoat  va dadillik ila yov ustiga yopirilib borishar, jonlarini ayamay jang qilishardi.

Shu film taʼsiridan chiqolmay, ancha vaqtgacha xayol surib yurdim. Menda hozirgi kunda hayot boʻlgan urush ishtirokchilari bilan uchrashish istagi tugʻildi. Ustozlarim va ota-onamning koʻmagi bilan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, Qipchoq qishlogʻida yashovchi 91 yoshli Oʻtemurod bobo Bozorboyev bilan uchrashib, suhbatda boʻldim.

Oʻtemurod bobo 1925-yilda Qipchoq qishlogʻida tavallud topganlar. U 1943-yilning may oyida, 18 yoshida butun yer yuzini yakson qilmoqqa shaylanib, "yashin tezligida” urush boshlagan fashizmga qarshi urushga otlandi. Bir yil davomida Ukraina frontida nemis bosqinchilariga qarshi ayovsiz janglarda ishtirok etdi. U Ukraina shahar va qishloqlarini dushmandan tozalash, Dnepr daryosini kechib oʻtishdek mashaqqatli janglardagi qahramonliklari uchun qoʻmondonlik tomonidan jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi.

- Biz turli millat farzandlari edik, - deydi Oʻtemurod bobo dahshatli urush xotiralari haqida soʻzlarkan. – Eng ogʻir damlarda bir-birimizga suyanib, bir-birimizni asrab-avaylab yashadik. Uyqu, orom nimaligini umuman bilganimiz yoʻq. Hatto qornimiz ochganini ham sezmasdik. Xalqimizning tinchligini asrashdek ulugʻ niyat barchamizni birlashtirib turardi. Koʻz oldimizdan tugʻilib oʻsgan ona tuproq, ota-ona, yor-u brodarlarimiz, jajji bolajonlar bir zum ham nari ketgan emas.

Bu – buyuk vatanparvarlik, tinchlik tuygʻusi edi. Ana shu tuygʻuni yuragi toʻrida avaylab-asrab, jang maydonlarida qon kechib, fidoyiliklar qilgan bobomiz xalqi tinch, gullab-yashnagan Vatanda yashayotganidan shukronalar aytadilar:

- Koʻplab quroldosh doʻstlarimiz jang maydonlarida qahramonlarcha halok boʻldilar, - deydi bobo safdosh doʻstlarini xotirlarkan. – Bugungiday dorilomon, toʻkin-sochin zamon xalqimiz tarixida umuman boʻlgan emas. Vatandagi tinchlik-osoyishtalikning, farovonlikning qadriga yeting, bolalarim! Oʻqinglar, kasb-korli boʻlinglar, Oʻzbekistonday jannatmakon yurtning har qarich yerini obod etib yashanglar!

Oʻtemurod bobo ayni paytda 91 yoshga toʻldilar. Hamon tetik, xotirasi tiniq bobomiz Qipchoq qishlogʻining pir-u badavlat otaxonlaridan.

- Bizning baxtimiz, bugungi saodatli kunlarimiz uchun fidoyilik qilgan aziz bobojonimiz, hamisha omon boʻling, - deymiz!

Muyassar TURSUNBOYeVA,

Nukus huquqshunoslik kolleji oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026