BOBUR NOMI HAR DILDA YaShAYDI
Tarixdan bizga maʼlumki, Bobur oʻn ikki yoshida ekanligida otasi Umarshayx fojiali halok boʻlgan. Shundan keyin Bobur otasi oʻrniga Fargʻona viloyatiga hokim etib tayinlanadi. Ulugʻ bobosi Amir Temur kabi markazlashgan qudratli davlat barpo etish uchun Samarqandga yurish qiladi. U Samarqandni ikki bor egallaydi, ammo u yerda mustahkam oʻrnasha olmaydi.
Bobur 1519-1525-yillarda Hindistonga yurish qilib, Dehlini ishgʻol etadi. Shundan soʻng Hindistonda qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi. Ilm-fan, madaniyatni rivojlantiradi.
Bobur Samarqanddaligida shahar atrofidagi ijodkorlarni toʻplab, sheʼriyat bazmlari, mushoiralar oʻtkazgan.
Uning "Boburnoma” asari tarixiy shoh asardir. Unda XVI asr Movarounnahr, Afgʻoniston va Hindistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar haqqoniy bayon etilgan.
U gʻazal va ruboiylari bilan ham mashhurdir.
Boburning "Mubayyin” asari masnaviy tarzida yozilgan. Bu asar islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga oiddir. Sevimli adibimiz Pirimqul Qodirov Bobur va uning avlodlari hayoti toʻgʻrisida xikoya qiluvchi "Yulduzli tunlar”, "Humoyun va Akbar”, "Avlodlar dovoni” kabi mahobatli asarlar yaratdi.
Pirimqul Qodirov bu asarlarida Boburning buyuk siymosini mislsiz sarkarda, odil va dono shaxs sifatida tasvirlaydi. Bugun Bobur nomi tarixda, tarixiy asarlarda, har bir oʻquvchi qalbida yashaydi va hech qachon unutilmaydi.
Zuhra AHMEDOVA,
"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
(Foto - http://www.ziyouz.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶