USTOZLAR IZIDAN BORIB...
Men 1995-yilda, 32-sonli maktabni tugatgan vaqtimda otajonim va akam, opalarim singari öqituvçi bölaman, deb qatʼiy ahd qilgan edim. Çunki, ular orqali bu kasbning şarafi va masʼuliyatini ham çuqur his qilaman, deb öylagandim. Biroq Nukus Davlat pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetini bitirib kelib, 38-sonli maktabda öz soham böyiça dars bera boşlaganimda ustoz-murabbiylik men öylaganimdan ham maşaqqatliroq ekanini his qildim. Çunki, sinfxonani töldirib ötiradigan 25-30 nafar atrofidagi, har biri har xil oila muhitida tarbiyalangan, har biri öziga xos xulq-atvorli bolalarning barçasining köngliga yöl topib, muomala qiliş, öz faningga qiziqişini oşiriş oson emas.
Men avvalo öz mehnat faoliyatimni boşlagan bu taʼlim maskani tumanimizdagi eng nufuzli, bolalarga taʼlim-tarbiya beriş borasida öziga xos maktab yaratgan mohir pedagoglar jamlangan maskan ekanligini aytib ötişni istar edim. Men şu dargohda öz kasbining mohir egalari bölgan kasbdoş ustozlarim Töliboy aka, Norgul opa, Imsinoy opa, Maxsuda opalardan dars ötiş mahorati, bolalarning diqqatini ötilayotgan dars saboqlariga töla jalb qiliş sir-asrorlarini örgandim. Şarofat opa Çorşamova, Sayyora opa Xudoyberganova, Soatboy aka Begimov, Inobat opa Otajonova kabi köplab ustoz öqituvçilar menga erinmay beminnat maslahatlar berişdi.
Bugungi kunda ham yoş avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalaşdek maşaqqatli kasbda halol mehnat qilayotgan maktabimiz öqituvçilari jamoasi bir-birimizdan örganib, örgatib, kasbimizga doir yangiliklardan, ilğor pedtexnologiyalardan unumli foydalanib, darslarimiz yuqori samarali bölişiga intilayapmiz. Natijada öquvçilarimiz turli körik-tanlovlarda, bilimlar bellaşuvi va fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida yuqori örinlarni egallab kelişmoqda. Butun dunyoda globallaşuv jarayoni şiddat bilan keçayotgan tezkor davr bizning zimmamizga dunyoqaraşi keng, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga, madaniyatimizga yuksak hurmat bilan qaraydigan, ularni çuqur örganib, kerakli saboqlarni ola biladigan yuksak maʼnaviyatli öğil-qizlarni tarbiyalaş vazifasini qöymoqda. Men maktabimiz öqituvçilar jamoasi bu vazifani sidqidildan ado etadilar, deb işonaman.
Xolbika DURDIYeVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶