Qisqa satrlarda
TADBIRKORLAR IShTIROKIDAGI SEMINAR-YIGʻILISh
Yaqinda tumanimizda "Oʻzdavneftgazinspektsiya”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan tuman tadbirkorlari ishtirokida seminar – yigʻilish oʻtkazilib, unda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan profilaktika ishlarini tashkil etish” qoʻllanmasi boʻyicha tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va mustahkamlash, shuningdek huquqlarning buzilish sabablariga imkoniyat yaratadigan omillarni aniqlash va ularga barham berishga qaratilgan amaliy ishlar haqidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi "2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya tejamli texnologiyalarni joriy qilish, energiya sigʻimini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi haqida”gi qarori toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi.
Seminar – yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
Tumanimizdagi 49-sonli umumtaʼlim maktabida ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda "Erta turmush qurishning oldini olaylik”, "Diniy ekstremizmdan ehtiyot boʻlaylik” va "Oʻz joniga qasd qilish – yomon illat” kabi mavzulardagi maʼruzalar tinglandi.
Ushbu masalalar yuzasidan ovuldagi QVP hamshirasi H.Ibragimova, maktabning tarix fani oʻqituvchisi G.Botirova va mahalla imomi Yo.Ahmedovlar soʻzga chiqdilar.
Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masalalar boʻyicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Kun tartibida – Orol muammosi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi "2015-2018-yillarda Orolboʻyi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar Kompleks dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, mamlakatimizda istiqlol yillarida Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida Orolboʻyi aholisining xabardorligini oshirish maqsadida 3 fevral kuni tuman hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda 2015-2018-yillarda Orolboʻyi hududida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturining asosiy yoʻnalishlari, loyihalar roʻyxati hamda ushbu loyihalardan kutilayotgan natijalar haqida soʻz bordi.
Shuningdek, Orol dengizi havzasida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ekologik tahdid hududlarida yashovchi aholi genofondi va sogʻligini saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, Orolboʻyi aholisi turmush tarzi darajasi va sifatini oshirish uchun zaruriy iqtisodiy omillar hamda mexanizmlarni yaratish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va saqlash, ekotizimlar va bioxilma-xillikni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶