XAVFSIZLIKNI TAʼMINLAŞ – BOŞ MAQSADIMIZ
Mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalik va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşda qöriqlaş xizmatining ham alohida örni bor. Istiqlol yillarida mamlakatimizda zamonaviy qöriqlaş va xavfsizlik vositalarini tatbiq etiş işlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani soha rivojida muhim omil bölmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan izçil işlar natijasida mazkur xizmat sifat va samaradorligi tubdan yaxşilanib, şaxsiy tarkibning jangovar va kasb tayyorgarligi muntazam oşirib borilmoqda.
Qöriqlaş bölinmalari bugungi kunda Içki işlar vazirligi tizimidagi yirik xizmatlardan biri hisoblanadi. Xizmat öz faoliyatini xöjalik hisobida yuritadi va korxona, taşkilotlar, fuqarolarga körsatilayotgan qöriqlaş xizmati evaziga tuşayotgan mablağlar hisobidan taʼminlanadi.
Bizning tuman Içki işlar bölimi huzuridagi Qöriqlaş bölinmamiz ham xalq xöjaligining turli sohalarida faoliyat yurituvçi muassasa, korxona va taşkilotlarni qöriqlab, aholi xavfsizligi va davlat mulki hamda xususiy mulkni işonçli qöriqlab kelmoqda. Bölinmaning şaxsiy tarkibi 81 nafar xodimdan iborat.
Qöriqlaş xizmatini bugungi kun talablariga javob beradigan darajaga yetkaziş borasida sönggi yillarda qator amaliy işlar qilindi. Jumladan, uşbu xizmatga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda 2013-2016-yillarga möljallangan dastur asosida texnik qöriqlaş yönalişini isloh qiliş böyiça amaliy işlar qilinib, qöriqlaş xizmatiga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Bu esa öz navbatida video-kuzatuv moslamalari orqali qöriqlaş, kirib-çiqişni nazorat qiliş va boşqariş qurilmalari orqali inson hayoti va soğligi xavfsizligini taʼminlaşda yanada katta samaralar beradi.
Qöriqlaş bölinmamiz ham sohaga oid yangiliklarni amaliyotga tatbiq qiliş borasida amaliy işlar olib bormoqda.
Bugungi kunda bölinmamiz tumanimizdagi 30 dan ortiq obʼektlarga, jumladan, bank muassasalari, iqtisodiy soha obʼektlari, maʼmuriy organlar va boşqa muassasa, korxona va taşkilotlar, şuningdek 20 ga yaqin aholi xonadonlariga texnik qöriqlaş punkti orqali qöriqlaş xizmatini körsatib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, qöriqlaş xizmatining takomillaşuvi, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş davlat, xalq mulkini işonçli qöriqlaşda, davlat ahamiyatiga molik strategik obʼektlarning töliq xavfsizligini taʼminlaşda özining samarasini beradi.
Ergaş SAPIYaZOV,
tuman IIB huzuridagi Qöriqlaş bölinmasining texnik qöriqlaş punkti boşliği, serjant.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶