TAʼMIRLASh MAVSUMI SAMARALI YaKUNLANDI
Oʻtgan 2015 qishloq xoʻjaligi yilida «Qipchoq» ovulidagi fermer xoʻjaliklari davlatga paxta va gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini muvaffaqiyatli ado etgan edilar.
Ovuldagi fermer xoʻjaliklarining bunday muvaffaqiyatlarida hududdagi "Qipchoq” MMTP jamoasining hissasi katta.
Yaqinda muqobil mashina traktor parkida texnika taʼmirlash mavsumi samarali yakunlandi. Navbatdagi texnika taʼmirlash mavsumi 2015 yilning dekabr oyi boshida boshlangan edi. Mavsumda ustaxonaga 8 ta surim traktori, 24 ta chopiq traktori, 16 seyalka, 150 dona borona, 30 dona mola, 7 dona chizel, 8 dona plug va 20 dona yer tekislaydigan mexanizmlar toʻplandi. Ushbu toʻplangan traktor va mexanizmlarni taʼmirlashga jami 50 nafardan ortiq ishchilar jalb qilindi.
Hozirda texnika va mexanizmlarning barchasi bahorgi ekish mavsumiga tayyor qilib qoʻyildi. Hattoki mukammal taʼmirlash ishlarini talab qiladigan baʼzi traktorlar ham zarur ehtiyot qismlari bilan toʻliq taʼminlandi. Shu kunlarda bir nechta transport traktorlari yordamida fermer xoʻjaliklariga qarashli kuzgi bugʻdoy maydonlariga mahalliy oʻgʻit tashib chiqarilayapti.
Suratlarda: yuqorida – bosh agronom Otabek Yoʻldoshov (chapda) va slesar Ergash Tursinbayevlar. Pastda – chilangar Gʻoyibboy Quvvatov (oʻngda) va slesar Oʻrozboy Aytboyevlar.

Maqsad HABIBULLAYeV
olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶