KEKSALAR BIZGA FAQAT YaXŞILIK TILAŞADI
Men bir oilani bilar edim. U oilaga agar qiş faslida borib qolsak ham hovlisi atrofi supurilgan, xonadoni orasta, hamma yoği çinnidek top-toza bölib turardi. Bu oiladagi ozodalikka, fayzga köpçilik havas qilişardi. Uydagi keksa nuroniy onaxon bu dunyodan köz yumdi. Uyda kelin va qiz nabiralari bor. Hozirgi kunda şu uyning yon-atrofidan ötib qolsak, ilgarigi ozodalik, saranjomlikdan asar ham yöqligini köramiz.
Nahotki bu kelin rahmatlik qaynonasidan örnak ola olmagan bölsa, deya öylayman har gal şu xonadon oldidan ötganimda. Nahotki öşa ozodalik faqat qaynona uçungina kerak bölgan bölsa. Axir kelin ham ertaga qaynona böladi-ku. Şularni öylasam, yoşlik paytlarimda buvim rahmatlik aytgan "qarisi bor uyning parisi böladi”, degan gaplari yodimga tuşadi. Bu gapning mağzini çaqqandek bölaman.
Köpinça kelinlar suhbatiga quloq solsangiz, ular qaynonasining kamçiliklarini aytişayotganiga guvoh bölasiz. Şunday damlarda yuqoridagi aytganim, taniş hovli köz öngimda jonlanadi. Qissadan hissa şuki, qaynona ham ona! Kelinlar va bölğusi kelinlarga qarata şunday degim keladi:
– Qaynonalarning har bir ögiti, maslahati sizlar uçun oltin sirğa bölib quloqlaringizga osilsin! Axir ular sizlarni joidan ortiq köruvçi onangizday insonlardir. Ular faqat sizlarga yaxşilik tilaşini unutmang!
Inobat OTAJONOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶