Qisqa satrlarda
SPORTÇI QIZLARGA YaNGI YIL SOVĞASI
2015-yil 30 dekabr kuni Amudaryo akademik litseyida tumanimizdagi maktablar, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim-tarbiya oliş bilan birga turli sport musobaqalarida qatnaşib, yaxşi natijalarga erişayotgan sportçi qizlarga Prezident sovğasi – sport kiyimlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tantanali marosimda tuman hokimi birinçi örinbosari B.Ernazarov, hokim örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovalar yiğilganlarni yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, 246 nafar sportçi qizlarga Yurtboşimizning yangi yil sovğasini topşirdi.
Bilimdonlar aniqlandi
Şu yilning 4-7 yanvar kunlari tumanimiz maktablarida "Bilimlar bellaşuvi”ning maktab bosqiçi bölib ötdi. Bellaşuvning mazkur bosqiçida 21 ta fan böyiça 5000 nafardan ziyod öquvçilar öz bilimlarini ilk sinovdan ötkazişdi. Ğoliblar mart oyida ötkaziladigan navbatdagi – tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi.
Vatan himoyaçilari bilan uçraşuv
12-yanvar kuni Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni oldidan tuman mudofaa işlari bölimi xodimlarining kollej öquvçilari bilan uçraşuv tadbiri ötkazildi.
Tadbirda tuman mudofaa işlari bölimining çaqiruv bölinmasi boşliği, kapitan Akrom Şaripov va çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga tayyorlaş bölinmasi boşliği Zokir Saʼdullayevlar sözga çiqişib, hozirgi kunda Özbekiston Qurolli kuçlari safida xizmat qilayotgan askar va zobitlarning ona Vatanimiz sarhadlarini qöriqlaşdagi matonatli mehnatlari va ularga davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdilar.
Kollej öquvçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga javoblar oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶