Vatanni ulgʻaytirar Oʻzbekiston onasi!
Oʻn mingta mahallada yangrar ona allasi,
Tonglar soʻlim, osuda, ufurar gul nafasi.
Har bitta oilada baxtning ezgu pallasi,
Yashaydi ahillikda barcha millat bolasi –
Vatanni ulgʻaytirar Oʻzbekiston onasi.
Ona-bola sogʻligi – siyosatda ustuvor,
Koʻngillar obodligi – hurriyat-la barqaror.
Barkamol oʻgʻil-qizi, barchasi alp, shahsuvor,
Ki Vatan ozodligin har bayotda madhi bor –
Sogʻlom tanda sogʻ aql - ulugʻ arkon gʻoyasi.
Razm solsam Vatanga – qiyosi yoʻq jahonda,
Tafti baland, oʻzgacha quyoshi yoʻq jahonda.
Purziyo irfoniday ziyosi yoʻq jahonda,
Oʻzbekning bolasiday bolasi yoʻq jahonda -
Avlodlar kamolidan nurafshon har maʼvosi.
Hech kimdan kam boʻlmagan oʻgʻlonlarga bir boqing,
Yelkasi yer koʻrmagan polvonlarga bir boqing.
Yuraklarda gupirgan tugʻyonlarga bir boqing,
Erk nafasi ufurgan oshyonlarga bir boqing,
Koʻrdingizmi Vatanning jonajon har bolasi!
Toʻrtta fasl charx urgan zamini rizqqa toʻla,
Bir-biridan suv ichgan koʻngillar ishqqa toʻla.
Ayvoniga in qurgan qaldirgʻochlarga toʻla
Uylarni mehr quchgan, beshiklar baxtga toʻla -
Istiqloldan musaffo har xonadon havosi.
Musaffo havolardan yayrab ketadi koʻngil,
Fayziyob maʼvolarda sep yoyadi toʻrt fasl.
Xushjarang navolardan tarannum etib koʻngil,
Robiya, sabolardan tuydim buyuk bu nasl –
Sogʻlom ona va bola – Oʻzbekiston lolasi
Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶