14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:54
Jamiyat 👁 4,610

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Siz tuilgan kun

Koʻngilda necha bor boʻlsa-da takror,

Har yilda bir marta nishonlanar kun.

Olamda qanchalar quvonch boʻlsa bor,

Hammasi eslanar siz tugʻilgan kun.

 

Hamma uchun bu kun bir katta bayram,

Qancha ezgu orzu  dilda mujassam.

Goʻyo shu kun  otgan baxt tongi ham,

Shodlikdan soʻzlanar siz tugʻilgan kun.

Doʻst, qarindosh kelib dilga yoqar oʻt,

Dilxush davra boʻlar siz turgan hudud.

Olisdagilar ham tilar iqbol, qut,

Hamrozlar qoʻmsagan siz tugʻilgan kun.

 

Umrga qoʻshilib yana bitta yosh,

Dilni oʻksitmasin koʻringan oq soch.

Bu ham bir chiroy-da omon boʻlsa bosh,

Yoshlikdan soʻz ketar siz tugʻilgan kun.

 

Qancha bayramlardan koʻp kutar hamma,

Dil diydor totidan zavq olgan damda.

Alam, qaygʻu, dardni unutar hamma,

Shunday qutlugʻ ayyom siz tugʻilgan kun.

 

Sahf xavfidan sal boʻlsa-da hadik,

Jurʼat etdim bugun aytishga tabrik.

Bir chala shoirdan sizga esdalik,

Koʻplar qatorida, siz tugʻilgan kun.

Ahmad Nafasov.

 

Vaqt

Men yurib boraman, yurakda armon,

Hayot soʻqmogʻida sekin yo ildam,

Bir zum charchaganda ololmasam dam,

Menga nima uchun toʻxtamading vaqt?

 

Men yurib boraman, yurakda isyon,

Oʻtgan lahzalardan huzur topolmay,

Men qadam bosishdan toʻxtagan shu on,

Vaqt yuraverar menga toʻxtamay...

 

Koʻzlarim olisdan manzilni koʻrar,

Topolmay garangman, toʻgʻri qaysi yoʻl.

Koʻzimni goʻyoki bosgan bir parda,

Hali bu yoʻlimda sarguzashtlar moʻl.

 

Quvlayman izma-iz vaqtning ketidan,

Mayli, vaqt tutqichin bermasa-bermas.

Lekin men chinakam baxtga yetaman,

Bir kun vaqtning oʻzi mendan ketolmas.

Sevara SIDABULLAYeVA.

 

Oʻzbekistonim

Bogʻlarida sayr etib,

Bahra olsam gulidan.

Qushlar sayrar madh etib,

Vatanim iqbolidan.

 

Chamanim – gul makonim,

Senga fido tanda jon.

Sogʻlomdir qiz-oʻgʻloning,

Jonajon Oʻzbekiston.

Madina Jabborova, 1-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Jiyda guli

Jiyda guli qilganda sarxush,

Xayol ketar oʻsha damlarga

Intiq hislar qiladi behush,

Ojiz qalbim koʻmib gʻamlarga.

 

Sokin oqshom poylayman uni,

Koʻngil shoshar yoʻq endi turish.

Jiyda boʻyi taralgan kuni

Qalbim qildi qalbingga urush.

 

Nigohlarim oʻt purkab har kun,

Kipriklarim oʻq boʻlib botsin.

Ishqqa qilib seni zanjirband,

Tuygʻularim gulchechak otsin.

Sanobar TOJIMUROTOVA. 

 

 

TURMUShNI "MUShT” DEYDILAR

Shahnozaxon bu yili,

Oʻn olti yoshga toʻldi,

Goʻzallikda tengi yoʻq,

Sohibjamol qiz boʻldi.

Unga tanish-bilishdan

Sovchi kela boshladi.

Sovchilar kelaverib,

Eshiklar sinay dedi,

Shahnozani soʻrayverib,

Buvisin bezor qildi.

Sovchilarning barisi

Rad javobini oldi.

Oradan hafta oʻtib,

Eshik taqillab qoldi.

Shahnozaxon tez chiqib,

Darhol eshikni ochdi.

Sovchilar uni koʻrib,

Rosa hursand boʻlishdi.

Xusni va odobiga

Hayrat ila boqishdi.

Shahnozaning buvisi,

Darhol joy hozirladi.

Olmay qiz roziligin,

Non sindirib yubordi.

- Kollejga endi kirdim,-

deb yigʻladi Shahnoza.-

Oʻqish rejasin tuzdim,

Oʻqiyman oliygohda.

Biror kasbni egallab,

Roʻzgʻor tutishni anglab

Va hayotni oʻrganib,

Keyin turmush quraman.

Bu gapdan buvisining

Jahli chiqa boshladi.

Quda tomondan kelgan

Tugunga koʻz tashladi:

Tugun toʻla sovgʻadan

yonib ketdi koʻzlari.

Boylik degan savdodan

Toshdi dilda soʻzlari:

- Yeganing ortingda-yu,

Yemaganing oldingda.

Yashaysan izzatda-yu,

Malikaday hurmatda!

Nima, oʻqib sen menga,

Shahar oberarmiding.

Soʻzimni ikki qilma,

Boshqa gap qaytarmagin...

Oradan bir oy oʻtib,

Toʻy kuni belgilandi,

Har yon ovoza qilib,

Sanʼatkorlar tanlandi.

Toʻydan soʻng kunlar oʻtib,

Shahnoza qoldi choʻkib...

Irimchi qaynonasi

Janjal qila boshladi:

"Kir yuvishni bilmaydi,

Dazmol qila olmaydi.

Ovqatlari biram shoʻr,

Choy damlaydi zoʻr-bazoʻr.

Uy tutishni bilmaydi,

Roʻzgʻorni eplolmaydi”...

Oradan bir yil oʻtib,

Shahnoza egiz tugʻdi.

Tugʻruq koʻp ogʻir kechib,

Biri oʻlik tugʻildi.

Oʻn yetti yoshli ona

Bundan gʻoyat ezildi.

Gohi oshkor, pinhona

Yigʻlayverib bukildi.

Boz ustiga koʻp oʻtmay,

Oʻgʻlidan ham ayrildi.

Bu gʻami yetmaganday,

Shifokor bir soʻz aytdi:

"Endi farzand koʻrmaysan,

Aslo ona boʻlmaysan.

Ertadan turmush qurib,

Vujuding mayiribsan...”

Bu xabarni eshitib,

Qaynona jahl qilib,

Tugʻmas kelin, deb uni

Haydab soldi bir kuni.

Na sogʻligi, na hushi

Joyida emas edi.

Ikki goʻdakning dogʻi,

Uni juda ezardi.

Qaynonasining gapi

Diliga ogʻir botdi.

Oʻzi bilmagan holda,

Oʻzini suvga otdi...

Oʻn yettiga toʻlganda,

Soʻlib qoldi guldayin.

Orzular olamiga

Bitta qadam qoʻymayin.

Ey, aziz tengdoshlarim,

Sizlarga aytar gapim:

Maktabda, kollejlarda,

Aʼlo bahoga oʻqing.

Oliygohlarga kirib,

El-yurtni quvontiring.

Biror kasbni egallab,

Uy ishlarin oʻrganib,

Hayot darsini olib,

Sevib hamda sevilib,

Turmush quring suyunib.

Ezgu niyat, ahd bilan

El-yurtga xizmat qiling.

Keyin esa baxtingiz

Oʻzi izlab topadi.

Goʻzal, shirin hayotga

Sizni olib ketadi.

Sevara IBROHIMOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019