MOʻL HOSILIMIZ - YuRT RAVNAQIGA HISSA
Bizning "Namuna” mahallamiz hududidagi "Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaligida erta bahorda 37 gektar yerga baraka urugʻi qadalib, tekis nihol olindi va yoz boʻyi agrotexnika qoidalariga muvofiq tarbiyalandi. Mana endi barakali sentyabr oyida yetishtirilgan paxtaning davlat xirmoniga yuqori navlarda topshirilishi fermer xoʻjaligining yutugʻi boʻldi. Fermer xoʻjaligi 37 gektarerdan 75 tonna oʻrniga 80 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini topshirib, 15 sentyabr kuni davlat bilan tuzilgan shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarib, gʻalaba marrasini kesib oʻtdi. Xoʻjalikda yigʻim-terim otryad usulida tashkil qilinib, dala boshida terimchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratildi. Tushlikda issiq ovqat bilan taʼminlanib borilayapti. Terib topshirilgan paxta xom ashyosi uchun terim haqi har kuni tarozi boshida berib borilmoqda.
Terim surʼatini oshirishda terimchilarni har besh kunda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish yaxshi samara berganini qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatdan bilish mumkin. Fermer xoʻjaligida yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olishda jonbozlik qilgan Muqaddas Masharipova, Dilbar Eshniyozova, Sharofat Yaxshiboyeva, Nargiza Tojiboyeva, Anorgul Qoʻchqorova kabi ilgʻor terimchilar kuniga 120-130 kilogrammdan paxta terishib, mavsum boshidan buyon tergan paxtalari 2,5-3 tonnani tashkil etdi. Ilgʻor terimchilar har besh kunda ragʻbatlantirib borildi.
Fermer xoʻjaligi dalalarida hali hosil moʻl, xoʻjalik aʼzolari davlat xirmoniga yana 35 tonna "oq oltin”ni terib topshirib, hosildorlikni gektariga 31 tsentnerga yetkazishga qatʼiy bel bogʻlaganlar.
Bunday muvaffaqiyatga erishishda fermer xoʻjaligi raisi Muzaffar Yeshchanovning ishbilarmonligi va qatʼiyatliligi asosiy omil boʻldi.
Fursatdan foydalanib, barcha fidoyi paxtakorlarni mehnat zafarlari bilan tabriklayman!
Gulmirza BOBOJONOV, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶