QUVONChIMIZ ChEKSIZ
Mustaqilligimizning 24-yilligiga bizning "Oʻzbekiston” mahallamiz ahli munosib tayyorgarlik koʻrib, bayram arafasida "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - Oʻzbekistonim!” shiori ostida katta bayram tadbiri oʻtkazdilar.
Tadbirda mahalla aholisi bilan birga nuroniy keksalar ham ishtirok etdilar, qoʻllarini ochib, xalqimiz tinchligi doimo barqaror boʻlsin, deb duolar qilib charchashmadi. Bayram tadbirini Mahmud bobo Xoʻjamedov boshlab berdilar. Ular mustaqillikdan keyin ulugʻ haj safariga ziyorat qilganlar. Yana bir nuroniy – Bibihojar momo Xudoyberganova ham haj ziyoratini ado qilib kelganlar. Mahallamizda shunday nuroniy keksalarimiz borligidan har qancha faxrlansak arziydi. Bayram davomida betakror Oʻzbekistonimizga bagʻishlab koʻplab qoʻshiqlar kuylanib, dillarni xushnud etdi. Bayramda nuroniy keksalarimiz estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tadbirda mahallaning ijodkor yoshlari ham oʻzlari yozgan sheʼrlarini oʻqib, kechaga yanada zavq bagʻishladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶