VATANIMGA KAMARBASTA FARZAND BOʻLAMAN!
Mustaqillik – ulugʻ neʼmat. U xalqning kuchi, jasorat va irodasi evaziga qoʻlga kiritildi. Yurtimiz mustaqilligi zamirida ogʻir va mashaqqatli mehnatlar bor.
Mustaqillik eʼlon qilingan kun, yaʼni 31-avgust – Oʻzbekiston tarixida oʻchmas iz qoldirdi. 1-sentyabr esa Mustaqillik kuni deb eʼlon qilindi. Mamlakatimizning turli burchaklarida osmonoʻpar binolar qad rostlab, yurtimiz chiroyiga-chiroy qoʻshmoqda. Avvallari nomi oyoqosti qilingan, aslida buyuk va xalqparvar insonlarning nomi qayta tiklanib, ularning xotirasi abadiylashtirildi. Maktab, kollej va litseylarda yosh avlodning sogʻlom va bilimli boʻlib voyaga yetishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Biz yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlarini koʻrib, mustaqillikning qanchalik ulugʻligini yurak-yuragimizdan his etamiz.
Men ana shunday buyuk mamlakatda tugʻilib, voyaga yetayotganimdan nihoyatda baxtiyorman. Ulgʻayib, albatta ona Vatanimga kamarbasta farzand boʻlaman.
Nurbek YOʻLDOShEV,
36-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶