ÖQITUVÇI MEHNATI NATIJASI ÖQUVÇILAR KAMOLIDA KÖRINADI
Mana, mustaqilligimizning 24 yilligi arafasidamiz. Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi bölib, bizga juda köp imkoniyatlar olib keldi. Öquvçilar uzluksiz taʼlim bilan hunarni birga oliş imkoniyatiga ega böldi. Oldinlari kasb-hunar örganiş uçun olis şaharlarga boriş zarur bölsa, endi oilada, ota-ona bağridan uzoq ketmagan holda istagan kasb egasi böliş imkoniyatiga ega böldi.
Mana şunday şiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda ayniqsa biz – öqituvçilar oldiga qöyilayotgan talab juda muhim. Öqituvçi davr talabiga monand qadam taşlaşi zarur. Talabalik davrimda ustozimning şu gaplari mening uçun hamon şiordek yangraydi: Qobiliyatsiz şifokor bir odamning hayotini zaharlab qöysa, xatolaşgan öqituvçi bir paytda butun bir sinf öquvçilarining ongini zaharlab qöyişi mumkin.
Öquvçilar har doim öz ustozlariga taqlid qilişni yaxşi körişadi. Şuning uçun öqituvçi nafaqat maktabda, oilada, jamoat joylarida, farzand tarbiyasida ham namuna bölişi zarur.
Öz hayotiy tajribamdan xulosa qilsam, 2003 yildan boşlab deyarli har yili öquvçilarim fan olimpiadasi, keyinçalik bilimlar bellaşuvi tuman bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, 3-bosqiç Respublika tanlovida qatnaşib kelmoqda. Bir qança öquvçilarim oliy öquv yurtlariga davlat granti asosida kiriş baxtiga muyassar böldi. 2013-2014 öquv yilida birdaniga uç nafar öquvçim tumanda bilimlar bellaşuvi ğolibi böldi. Ayniqsa, 2014-2015 öquv yili men uçun yana ham quvonçli böldi. Öquvçim Oyzoda Haytanova 3-bosqiç - Respublika fanlar olimpiadasida yaxşi qatnaşib qaytdi. Sundetova Feruza va Haytanova Gulzodalar tumanda bilimlar bellaşuvi ğolibi sifatida 3-bosqiç Respublika bosqiçiga yöllanma oldi. Haytanova Gulzoda 3-bosqiç ğolibi bölib, Toşkent şahrida ötkaziladigan 4-bosqiçga yöllanma olişi men uçun juda katta faxr va quvonç böldi.
Bundan 4-yil avval 11-sinf öquvçim Usenboyeva Zarina olimpiada ğolibi sifatida Toşkent şahrida ötkazilgan 4-bosqiç fan olimpiadasida qatnaşgan edi. Ikkinçi bor bu quvonç meni öz oğuşiga oldi.
Men özim dars berayotgan sinflarda sinf kutubxonasi taşkil qilaman. Masalan, sinfda 30 öquvçi bölsa, har biri imkoniga loyiq bir yoki ikkita badiiy kitob olib kelib, sinf kutubxonasiga aʼzo böladi. Qarabsizki, bir badiiy kitob olgan öquvçi 30 ta badiiy kitob öqiş imkoniga ega böladi. Darsdan taşqari paytlarda "Men sevgan badiiy qahramon”, "Mening sevimli kitobim”, "Men yoqtirgan şoir”, yoki "Husnixat - husn”, "Kimning xati çiroyli” mavzularida özaro musobaqalar ötkazilsa va bunga barça öquvçilar jalb qilinsa, albatta yaxşi natija beradi. Öquvçining fikrlaş qobiliyati ösadi, söz boyligi ortib boradi, öquvçidan ortiqça narsalar bilan maşğul böliş fikri çekinadi. Öquvçilarning öz mehnatlarining samarasini körişi albatta quvonçli hol.
Davlatimiz har bir işni eʼtibordan çetda qoldirmaydi, 4-bosqiç bilimlar bellaşuvida qatnaşgan öquvçim Gulzodaning intellektual bilimdonlar oromgohida dam olişi, öquvçimning olisdan turib telefonda hayajon bilan öz quvonçlari, yaxşi dam olayotgani, Özbekistonning barça viloyatlaridan borgan öquvçi-ğoliblar bilan döstlaşgani haqida tölqinlanib gapirişi meni juda quvontirdi. Yangi zafarlar sari çorladi. Çunki kamtarin, zaxmatkaş, oddiy oiladan çiqqan öquvçining bunday joylarda dam olişi orqali men öz mehnatimning samarasini kördim.
Davlatimiz bizga yurtimizning kelajagi bölgan yoş avlod tarbiyasidek masʼuliyatli va şarafli işni işonib topşirgan ekan, uni oqlaşimiz, yoş avlodni Özbekiston atalmiş buyuk mustaqil yurtga loyiq farzandlar qilib tarbiyalaşimiz şart.
Çunki biz asrlar davomida tibbiyot, ilmu-fan, buyuk isteʼdodlar makoni bölib dunyoni lol qoldirib kelayotgan yurt farzandlarini tarbiyalamoqdamiz. Ajdodlarga munosib avlod tayyorlaşda siz hamkasblarimga yangi öqiş yilida omad, kuç-ğayrat tilayman.
Jumagul QÖŞÇANOVA,
(Foto - uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶